Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

HAMKORLIK IZCHIL RIVOJLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
HAMKORLIK IZCHIL RIVOJLANMOQDA

Poytaxtimizdagi Xalqaro hamkorlik markazida 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi moliya vazirlarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ikki mamlakatning moliya, tashqi iqtisodiy aloqalar, neft va gaz, savdo, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, to‘qimachilik, yengil sanoat, qimmatli qog‘ozlar, sog‘liqni saqlash, fan, ta’lim kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov va Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ctrategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari barcha jabhalarda, jumladan, savdo-iqtisodiy, moliyaviy va sarmoyaviy sohalarda muttasil rivojlanib borayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog‘ida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. 2014-yilning iyun oyida Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening mamlakatimizga davlat tashrifi o‘zaro ko‘p qirrali munosabatlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqdi.

Mamlakatlarimiz katta iqtisodiy salohiyat va imkoniyatlarga ega. Bu borada ikki davlat o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. Savdo-sanoat, sarmoya, neft-gaz, konchilik, mashinasozlik, to‘qimachilik, logistika, kimyo sanoati, qurilish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi ko‘plab sohalar bo‘yicha hamkorlikka oid qator bitimlar imzolangan.

Investitsiya sohasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘lami ham izchil kengaymoqda. Janubiy koreyalik ishbilarmonlar O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish bilan investitsiya kiritib, qo‘shma korxonalar tashkil etayotir. Ular savdo, to‘qimachilik va yengil sanoat, tog‘-kon metallurgiyasi, kimyo va oziq-ovqat sanoati, mashinasozlik, sayyohlik, sog‘liqni saqlash va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda ish yuritmoqda.

Anjumanda O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, sarmoya kiritishning istiqbollari, iqtisodiy zonalardagi qulayliklar va imtiyozlar xususida so‘z yuritildi. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun ikki tomon ham ulkan imkoniyatlarga ega ekani qayd etildi.

– Oliy darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning izchil rivojlanishida muhim omil bo‘lmoqda, – dedi Choy Kyong Xvan. – Janubiy Koreya bundan keyin ham O‘zbekistonda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish, sanoatni modernizatsiyalash kabi sohalarda amalga oshiriladigan islohotlar jarayonida faol ishtirok etadi. O‘zaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan hamkorligimiz muttasil kengayib, mustahkamlanib boraveradi.

Majlisda O‘zbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida iqtisodiyotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan strategik ahamiyatga ega yirik qo‘shma loyihalar va ularning ijrosi, shuningdek, moliya, sarmoya, sanoat va savdo, yoqilg‘i-energetika, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar, sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlik istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi.

Majlis yakunida Koreya Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, ctrategiya va moliya vaziri Choy Kyong Xvanga Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Faxriy doktori unvoni topshirildi.

"Jahon" AA