Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

HARAKATLAR STRATEGIYASI: JADAL TARAQQIYOT VA YANGILANISH MODELI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
HARAKATLAR STRATEGIYASI: JADAL TARAQQIYOT VA YANGILANISH MODELI

Mamlakatimiz tez rivojlanayotgan, o‘z istiqbolini o‘ziga xos yo‘l bilan yaratayotgan davlatlardan biridir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning "o‘zbek modeli" butun dunyo ekspertlari tomonidan e’tirof etilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yangi bosqichda davom ettirmoqda. Bu Harakatlar strategiyasi besh yilga mo‘ljallangan bo‘lib, xalqimiz va davlatimiz hayotida yangi davrni – taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Undan maqsad bitta – turmushimiz yanada farovon, mamlakatimiz yanada qudratli bo‘lsin.

Xalq bilan yuzma-yuz

Prezidentimiz taklifi bilan 2017-yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlandi. Odamlarning murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, dardi-o‘yi, orzu-niyatini tinglash maqsadida Prezidentning Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugun Vatanimizda har bir kun inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar haq-huquqlarini kafolatli himoya etish, ularga qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar bilan o‘tmoqda.

Prezidentimiz saylovoldi uchrashuvlarida odamlarning fikri-o‘ylari, hayotimizdagi mavjud muammolar, olis qishloqlarda yashayotgan aholi turmushi bilan qiziqdi, ulardan hol-ahvol so‘radi.

Keyingi yillarda aholi va ijtimoiy tarmoqlarni, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘layotgani, kamchiliklar mavjudligi ayon bo‘lib qolgandi. Bu joylarda aholi bilan bo‘layotgan ochiq muloqotlarda bоt-bоt tilga olina boshlandi.

Davlatimiz rahbari uchrashuvlarda mamlakatimizda elektr uzatish tizimi eskirganligi, bu tizimni tubdan isloh qilish va tamoman yangilash vaqti kelganini ta’kidladi.

Aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi ham jiddiy muammoga aylangan edi. Qurilayotgan yangi namunaviy uylar aholiga ma’qul bo‘layotgan bo‘lsa-da, uy-joy qurish sur’atlari aholining tabiiy ko‘payishiga nisbatan ancha ortda qolayotgandi.

Harakatlar strategiyasining to‘liq amalga oshirilishi natijasida har bir oila munosib yashash sharoitlariga ega bo‘ladi, aholining uy-joy, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi tubdan o‘zgaradi.

Odamlar roziligi – eng muhim masala

Harakatlar strategiyasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarni jadal rivojlantirish, ma’naviy dunyomizni tubdan yuksaltirishni nazarda tutadi.

Bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan tabiati mamlakatimiz shahar va hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Kichik shaharlardagi yuzlab ishlab chiqarish obyektlari turli sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Minglab ishchilar, mutaxassislar o‘z kasbi, turmush tarzi, yashash joylarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

Harakatlar strategiyasida hududlarni manzilli rivojlantirish, har bir shahar va tumanni maqsadli barqaror taraqqiy ettirish, bo‘sh yotgan sanoat korxonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon bag‘ishlash, ishsizlikni kamaytirish, yalpi bandlikni ta’minlash masalasi ilgari surilmoqda.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eski turdagi xo‘jaliklarning tugatilishi va ularning o‘rniga zamonaviy fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pi yashaydigan qishloq aholisi hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Istiqbolli fermer ho‘jaliklari tashkil etildi. Natijada ilgari 1000 gektar yerda band bo‘lib kelgan 1500-2000 odam o‘rniga fermer xo‘jaligining 50-100 a’zosi bemalol oldingi darajadan kam bo‘lmagan, balki ko‘proq mahsulot tayyorlay boshladi. Minglab odamlar dehqonchilik, yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo ayrim yoshlar stixiyali tarzda xorij davlatlariga ish izlab ketishni ma’qul ko‘rdi. Buning oqibatida ular tili, dini, ma’naviyati va siyosati o‘zgacha bo‘lgan muhitga tushib qoldi.

Harakatlar strategiyasida ana shunday ijtimoiy asoratlarni bartaraf etish, qishloq hayotini normal izga tushirish, bandlikni ta’minlash, chet elga maqsadsiz ketib qolgan yoshlarni Vatanga qaytarish va ular uchun munosib hayot va faoliyat tarzini yaratish vazifalari qo‘yilgan.

Shu kunlarda mamlakatimizda yuritilayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga oid davlat siyosatining zamirida odamlarning bandligi, shu asosda xalqimiz farovonligiga erishish turibdi. Bu Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlariga mosdir.

Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni industrial rivojlantirishda insonning intellektual omiliga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Vatanimizning barqaror taraqqiyoti uchun mavjud intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning o‘z faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish, ularning shaxsiy mas’uliyat va tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish katta ahamiyatga egadir. Insonning shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik hamda fidoyilik fazilatlari Vatanni chin dildan sevishdan, vatanparvarlikdan kuch oladi. Shu boisdan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “har qanday davlat siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi”, deb alohida qayd etdi.

Harakatlar strategiyasi nafaqat tashqi investitsion siyosatni faollashtirish, balki inson ichki imkoniyatlarini yanada to‘laroq ro‘yobga chiqarish ishlariga alohida e’tibor qaratadi. “Bu siyosatning asosiy maqsadi shundan iboratki, biz har qanday fuqaroga o‘zining kuch va imkoniyati, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoit va imkoniyat yaratib berishimiz zarur”, deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Yangi davr xususiyatlari

Bugun taraqqiyotning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari mikroiqtisodiy natijalar hamda jamiyat turmush tarzi bilan moslashmoqda. Odamlarning orzulari ularning imkoniyatlariga mos bo‘lmoqda. Arzon uy-joylar, tibbiy, farmatsevtik, ijtimoiy xizmatlar tizimi shakllantirilmoqda.

Davlat tuzilmalari faoliyatining ish uslublari tubdan o‘zgartirilmoqda. Aholida davlatga bo‘lgan ishonch ruhi keskin yuksaldi. Odamlar islohotlarga, o‘zgarishlarga o‘z xayrixohligini ochiq ifodalamoqda. Ko‘pchilik televideniyedagi axborot dasturlarini kutadigan, Vatanimiz erishayotgan natijalarni boshqa davlatlar bilan taqqoslaydigan, o‘zaro suhbatlarda "Prezidentimiz to‘g‘ri qilyapti”, “Adolatli ish bo‘lyapti”, “Shunday bo‘lishi kerak edi” qabilidagi iboralarni tez-tez aytadigan bo‘ldi.

Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash dasturlarini tuzishda real resurslar, aniq omillarga asoslanilmoqda. Real iqtisodiyotni tarkib toptirish, pul-moliya munosabatlarining samarali tizimini yaratish, iqtisodiy hisobоtlarda haqqoniylikka asoslangan yondashuv qaror toptirilmoqda.

Boshqaruv tizimida insoniy yondashuv ustuvor talabga aylanmoqda. Xalq bilan muloqot tizimi, xonadonma-xonadon yurib odamlarning muammolarini yechish, hamkorlik va real ko‘mak taklif etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Sohalarni rivojlantirishda ma’rifat omiliga tayanish tendensiyasi amal qila boshladi. Bank ma’rifati, fermer ma’rifati, tadbirkor ma’rifati kabi iboralar taomilga kiritildi.

Qishloqni rivojlantirish, uni industrlashtirish va har bir hududda xizmat sohalarini tashkil etish siyosati keng ko‘lamda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Odamlarda hayotini o‘zi farovon qila olishga rag‘bat, jamiyat va Vatan istiqboliga ishonch, o‘z iqbolini Vatan ravnaqi bilan bog‘lash harakati yanada kuchaydi.

Davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida idora va muassasalar o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik munosabatlarining keng yoyilishi kuzatilmoqda. Prokuror va tadbirkor, fermer va turli xizmat sohalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari kuchaydi. Prezidentimiz ana shunday ijtimoiy hamkorlikning ahamiyatini alohida ta’kidladi: “Tadbirkor boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi. Buning uchun ishbilarmonlarga keng sharoit yaratib berishimiz lozim. Prokuror tadbirkorga ko‘makchi bo‘lishi, u bilan hamkorlikda ishlashi darkor.”

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mutlaqo yangi tizimni hayotga joriy etish amaliyotining zarurati ilmiy va huquqiy asoslandi. Fermerning ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi hamda mahsulotlarni sota oluvchi, sanoat korxonalarining, xususan, yengil sanoatning xomashyoni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi va realizatsiya qiluvchi maqomda bo‘lishi belgilandi.

Tarixni yaratuvchi kuch xalqdir. Tarix xalq va uning faol, fidoyi vakillarining mehnati, sa’y-harakatlari, ularning shu yo‘lda bag‘ishlangan umri natijasida yaratiladi. Zero, Harakatlar strategiyasining nazariy asosi ham xalqqa, uning manfaatlariga borib taqaladi.

O‘zbekiston mehr-oqibatni, ezgulikni, bunyodkorlikni hurmat qiluvchi mamlakat. Harakatlar strategiyasining nazariy asosi ham davlatimizning mana shu ustuvor siyosatini ifoda etadi.

O’zA