HARAKATLAR STRATEGIYASI QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASHGA XIZMAT QILADI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda deputatlar va qo‘mita huzuridagi jamoatchilik-ekspert guruhi a’zolari, Oliy xo‘jalik sudi sudyalari, huquqshunos olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi D.Abduqodirov va boshqalar mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan biri sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, yuridik yordam va huquqiy xizmatlar ko‘rsatishni takomillashtirish, qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh qilishga qaratilgan.
Harakatlar strategiyasi loyihasida mahalliy hokimiyat, huquq-tartibоt organlari faoliyatini takomillashtirishga hamda davlat xizmatchilari faoliyatini tartibga soluvchi maxsus qonun qabul qilish, davlat xizmati o‘tashning huquqiy asoslarini yaratishga doir takliflar bildirilmoqda.
– Harakatlar strategiyasining ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik huquqi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni faollashtirishda ahamiyati katta bo‘lib, milliy qonunchiligimizni yanada takomillashtiradi, – deydi Oliy xo‘jalik sudi sudyasi Nodir Xudoyorov. – Ushbu hujjatda javobgarlikka tortishni liberallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgani ahamiyatlidir.
Davra suhbatida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida barcha darajadagi rahbarlar joylarga ko‘proq chiqishlari, videokonferensiya tarzidagi muloqotlarni tashkil qilish hamda Xalq qabulxonalari faoliyatini takomillashtirish davr talabi ekanligi qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining joylarda keng qamrovli muhokama qilinishi ushbu hujjatning kelajakda samarali ijrosini ta’minlashga, mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
O’zA
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















