HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MATBUOT
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Poytaxtimizda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturining bajarilishi ustidan keng jamoatchilik nazoratini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining roliga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi.
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilgan tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari, markaziy va hududiy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari jurnalistlari va jamoat tashkilotlari vakillari taklif etildi.
O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori A.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi B.Matmurodov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisi A.Shodmonov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik hamda diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Anjumanda «Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari», «Ommaviy axborot vositalari xodimlarining «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini yoritishga oid bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar», «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari» kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir doirasida bosma nashrlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, ularni jamiyat hayotida kechayotgan jarayonlar tezkor va yuksak saviyada yoritilgan materiallar bilan boyitish maqsadida o‘tkazilgan «Jamiyat va men», «Inson huquqlari jurnalist nigohida» tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi.
O’zA