Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Harbiy kadrlar tayyorlash tizimi takomillashmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Harbiy kadrlar tayyorlash tizimi takomillashmoqda

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida milliy armiyamizda, xususan, harbiy kadrlar tayyorlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Harbiy xizmatchilarning professionallik, jangovarlik va intellektual darajasi yuksalmoqda. Ayni paytda yoshlar o‘rtasida harbiy xizmatning nufuzi tobora oshib borayotir.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida shular xususida so‘z yuritildi.

Davlatimiz rahbarining 2005-yil 19-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida harbiy ta’lim tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun zarur shart-sharoit yaratish, iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlarni tanlab olish, harbiy ta’lim nufuzini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalariga tanlash tartibi va qabul qilish qoidalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bu boradagi ezgu ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur hujjatga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasalariga intellektual rivojlangan, jismonan barkamol va har tomonlama tayyorlangan yoshlarni tanlash tartibi yanada takomillashtirildi. Misol uchun, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishga nomzodlar harbiy-professional yo‘nalish, dastlabki tanlash, harbiy-professional tanlash va test sinovlarini nazarda tutuvchi tanlov asosida kompleks ravishda bosqichma-bosqich saralab olinadi.

Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Toshkent axborot texnologiyalari universitetining maxsus fakulteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti va boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalarida birinchi kursga kursantlarni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Test sinovlari 10-iyul kuni o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi mas’ul ofitseri, podpolkovnik Kozimbek Haydarovning ta’kidlashicha, oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishni istagan yoshlar joriy yilning 1-apreligacha yashash joyidagi tuman va shahar mudofaa ishlari bo‘limlariga ariza taqdim etgan. Mudofaa ishlari bo‘lim va boshqarmalarida dastlabki tanlashga muvofiq sog‘lig‘i, individual-psixologik xususiyatlari va jismoniy tayyorgarligi harbiy ixtisoslik talablariga javob beradigan, mustahkam intellektual va ma’naviy-axloqiy salohiyatga ega nomzodlar aniqlangach, hujjatlar oliy harbiy ta’lim muassasalariga yuboriladi. Barcha oliy harbiy ta’lim muassasalarida qabul komissiyalari tomonidan abituriyentlarning hujjatlari harbiy-professional tanlash bosqichi talablariga muvofiq o‘rganiladi. Qolaversa, ularning psixofiziologik holati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallaganlik darajasi tekshirilib, yakka tartibda yakuniy suhbatdan o‘tkaziladi. Mazkur sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan yigitlarga test sinovlarini topshirishga ruxsat etiladi.

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda yoshlar va ayrim toifadagi fuqarolar uchun keng imtiyozlar ko‘zda tutilgan. Masalan, xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari, o‘z xizmat burchini bajarish paytida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni himoya qilish organlari xodimlarining farzandlari davlat komissiyasining qarori bilan test sinovlaridan ozod etiladi. Serjantlar tarkibida shartnoma asosida xizmatni namunali o‘tagan harbiy xizmatchilarga test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 20 foizi miqdorida imtiyoz beriladi. “Eng ilg‘or serjant” tanlovi g‘oliblari ham o‘qishga tanlovsiz kirish huquqiga ega. Shuningdek, harbiy akademik litseylar bitiruvchilariga ham test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 10 foizi miqdorida imtiyoz belgilangan. Bundan tashqari, harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan tavsiyanoma berilgan abituriyentlar test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 27 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyozga ega.

Matbuot anjumanida o‘quv jarayonlariga ta’limning innovatsion usullarini joriy etish orqali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan fikrlashildi. Jurnalistlarning savollariga javob qaytarildi.

www.uza.uz