Hindiston Elchisi bilan uchrashuv
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2019-yilning 23-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vinod Kumarni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining joriy kun tartibi hamda istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki mamlakat rahbarlarining muntazam muloqoti asos bo‘lgan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekanligi mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o‘zaro manfaat kasb etadigan barcha sohalarda aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan asosiy masalalarni muhokama qilish uchun so‘nggi yarim yilda ikki marta uchrashgani alohida qayd etildi.
Muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Subat yakunida Vazir ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p tomonlama sherikchilikning izchil rivojlanishida Elchining shaxsiy hissisiga yuqori baho berdi.
Elchi O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxona rahbari sifatidagi faoliyatida ko‘rsatilgan barcha yordamlar uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi.