Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Hindiston kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi

Transport vazirligida Hindistonning “Delhi International Airport Limited” kompaniyasi moliyaviy direktori Sanjiv Edvard boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Navoiy aeroporti bazasida tashkil etilgan xalqaro intermodal logistika markazining samaradorligini oshirish masalasi muhokama etildi. Sanjiv Edvard Hindiston tomoni yuk va yo‘lovchi tashish jarayonida mamlakatimizning tranzit salohiyatidan keng foydalanish orqali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ma’lum qildi.

U shuningdek, “DIAL” kompaniyasi Navoiy va Dehli aeroportlarini yuk tashuvlari yo‘nalishida bir-biriga bog‘lovchi tizimni yaratish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

–- Navoiy aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasining eng yirik quruqlik portiga aylana olishiga ishonaman. Chunki buning uchun barcha asoslar mavjud, – dedi Sanjiv Edvard. – Kompaniyamiz aviatashuvlar bilan bog‘liq hujjatlar va jarayonlarning IT yechimlarini amaliyotga joriy etish yo‘nalishida ham hamkorlik qilishga tayyor.

Uchrashuv davomida tomonlar aviatsiya sohasida yuk va yo‘lovchi tashish yo‘nalishida alohida ishchi guruhlarini shakllantirib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldi.

O‘zA