Hokimlar nega ishxonada uxlaydi? Ish vaqtiga qachon amal qilinadi?
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tamonidan milliy matbuot markazida o‘tkazilgan tadbirda davlat organlari xizmatchilari ish vaqtidan ortiqcha ishlashlari muammosi ko‘tarildi.
Jurnalist ba’zi viloyat hokimlari bilan intervyu qilish jarayonida ularni ish ko‘pligidan xizmat xonasida tunab qolishlariga guvoh bo‘lganliklarini aytishdi. Bunga javoban vazir Sherzod Kudbiev quyidagicha javob qildi.
«Butun dunyoda davlat xizmatini muvofiqlashtiruvchi organlar bor. Bandlik xizmati davlat xizmatini muvofiqlashtiruvchi organ emas. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda ana shanday davlat xizmatini muvofiqlashttruvchi organ tuzish bo‘yicha taklif kiritilgan. Aynan shu organ ish vaqtiga amal qilinishini tartibga soladi. Qolaversa, belgilagangan vaqtdan ortiqcha ishlagan jabrlanuvchi bizga murojaat qilmagan. Agar murojaat qilinsa biz, albatta buni ko‘rib chiqamiz va belgilangan qonun doirasida chora ko‘ramiz», dedi Sh.Kudbiev.
Bundan oldin vazir ayni damda mamlakatimizda veterenar, tikuvchi, traktorchi ya’ni mexanizatorchilar yetishmasligini, hozirda O‘zbekistonda 1 million 391 ming nafar ishsiz mavjudligini, biroq, 150 mingta bo‘sh ish o‘rini uchun malakali va shu bilan birga oddiy ishchilar yetishmayotganini aytgan edi.
O‘zA