HUSHYOR BO‘LGAN DOG‘DA QOLMAYDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-noyabrdagi “Har yili yong‘in xavfsizligi oyligini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning 20-noyabridan 20-dekabriga qadar mamlakatimizda yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda.
“Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatida ham oylikni uyushqoqlik bilan o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilayotir.
– Aholi va xalq xo‘jaligi inshootlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida katta hajmda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani tarmoqning benuqson ishlashiga xizmat qilmoqda, – deydi “Jizzax hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Baxtiyor Ibrohimov. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining manzilli dasturiga muvofiq, viloyat elektr ta’minoti tarmoqlarida joriy yilning o‘tgan davrida qariyb 7 milliard so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. 8,3 kilometr yangi elektr tarmoqlari qurildi. Namunaviy uy-joylar qurilayotgan 15 yangi massivda tashqi elektr ta’minoti uchun 12,9 kilometr elektr uzatish tarmog‘i qurilib, 12 transformator o‘rnatildi. Buning uchun 1 milliard so‘mlikdan ortiq qurilish-montaj ishlari bajarildi.
Korxonada qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida 4 ming kilometrdan ziyod elektr tarmoqlari, mingdan ziyod yuqori kuchlanishdagi transformator, nimstansiya va transformator punkti joriy va mukammal ta’mirlandi. 28 transformator yuqori quvvatlisiga almashtirildi.
Qish mavsumini betalafot o‘tkazish, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida elektr ta’minoti xodimlaridan iborat 17 tezkor brigada, 23 maxsus avtomashina shay holatga keltirildi.
Amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berishni ta’minlash bilan birga, yong‘in xavfining oldini olishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
– Har yili o‘tkazilayotgan yong‘in xavfsizligi oyligi bajarilgan ishlarni yana bir bor tahlil qilib, kamchiliklarni bartarf etishda muhim davr hisoblanadi, – deydi korxona mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i A.Ahmedov. – Bu yil ham shu talablardan kelib chiqib, korxona tizimidagi barcha tarmoqlarda texnik xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlashga harakat qilmoqdamiz. Tezkor xavfsizlik nazorati guruhi tomonidan barcha hududlarda elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi o‘rganib chiqilmoqda.
Elektr energiyasidan foydalanishda yong‘in va texnik xavfsizlik qoidalarini iste’molchilarga tushuntirish uchun avvalo mutaxassisning o‘zi yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishi lozim. Shu maqsadda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarida xodimlar bilan yong‘in va texnik xavfsizlik qoidalari bo‘yicha o‘quv-seminarlari, mashg‘ulotlar o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligi burchaklari tashkil etildi.
Shahar va tumanlarda faoliyat olib borayotgan tezkor xavfsizlik nazorati guruhlari tarmoqqa noqonuniy ulanish, tekshirilmagan, nostandart elektr uskunalaridan foydalanish yong‘in kelib chiqishiga asosiy sabab bo‘lishini hisobga olib, bunday holatlarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratayotir. Bu borada o‘tkazilgan reydlar davomida yigirmadan ortiq nostandart isitish moslamalari yo‘q qilindi. Shuningdek, qurilish inshootlarida vaqtincha yashash, ovqatlanish joylariga o‘rnatilgan yong‘in va texnik xavfsizlik talablariga javob bermaydigan yoritish-isitish qurilmalari tarmoqdan uzilib, tegishli tartibda chora ko‘rildi.
Korxona mutaxassislari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tushuntirish ishlarida Yangi yil bayramini bexatar o‘tkazishga ham alohida e’tibor qaratilayotir. Jumladan, bezak chiroqlarini o‘rnatish qoidalari, ayniqsa, bolalar bilan bayram tadbirlari o‘tkazishda ularni yong‘in xavflaridan asrash to‘g‘risida tushuntirish ishlari kuchaytirilmoqda.
O‘zA