Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

IIV Malaka oshirish instituti Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali bilan hamkorlik qiladi.

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
IIV Malaka oshirish instituti Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali bilan hamkorlik qiladi.

oshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida ushbu ta’lim muassasasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, innovatsion va texnologik g‘oyalarni rivojlantirish, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilish belgilandi.

– Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davr barcha sohalarda, shu jumladan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni chuqurlashtirishni talab etmoqda. – deydi IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor Nuriddin Normatov. – Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash samaradorligini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu ta’lim muassasasi bilan o‘rnatilayotgan hamkorlik yo‘nalishlari keng qirralidir.

Jumladan, nazariy tayyorgarlikning huquqni qo‘llash faoliyati bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlashga qaratilgan zamonaviy shakl va usullardan foydalanish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatga uslubiy ko‘maklashish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik amalga oshiriladi.

– IIV Malaka oshirish instituti bilan hamkorlik biz uchun dolzarb ahamiyatga ega, – deydi Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali direktori, yuridik fanlar nomzodi Baxtiyor Abdullaev. – O‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan, o‘qitishning zamonaviy innovatsion shakl va usullari, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, o‘quv jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb qilish, normativ-huquqiy, metodik va tahliliy xususiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlarni almashish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlarni almashish, qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish kabilar amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasalari rahbarlari kelgusida memorandumda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Uz.A