Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Inson huquq va erkinliklari himoyasi yo‘lida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Inson huquq va erkinliklari himoyasi yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan hamkorlikda “Advokatura instituti – inson huquq va erkinliklari himoyasi yo‘lida” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi R.Ahmedov va boshqalar inson huquqlarini ta’minlashda fuqarolarning malakali huquqiy yordam olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Advokatura institutining takomillashtirilgani shu maqsadga xizmat qilayotir.

Davlatimiz rahbarining 2008-yil 1-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni sud-huquq tizimini liberallashtirish, fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlaydigan konstitutsiyaviy qoidani amalga oshirish uchun keng yo‘l ochdi.

Mazkur hujjat advokaturaning tashkiliy mustaqilligini ta’minlash, uni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish, soha mutaxassislarining mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirish, ushbu kasb obro‘si va nufuzini yanada oshirish, advokatura institutini isloh qilishda mohiyat jihatdan yangi bosqichni boshlab berdi. Chunki shu asosda uchta qonun, beshta hukumat qarori, to‘qqiz idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ular asosida mamlakatimizda prokuror va advokatning tengligini, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud faoliyatining barcha bosqichida o‘zaro tortishuv bo‘lishini ta’minlashga, odil sudlov sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, qonunchiligimizda nafaqat jinoiy javobgarlikka tortilayotgan yoki jabrlangan shaxsning, balki guvohning ham o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari advokat orqali himoya qilinishi mustahkamlab qo‘yildi. Bu, o‘z navbatida, inson huquq va erkinliklari kafolatlari yanada kuchayishga zamin yaratdi.

Sohaning tashkiliy asosini takomillashtirishga ham e’tibor qaratilib, Advokatlar palatasi tuzildi. Palata advokaturaning inson huquq va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirish, aholining huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga qaratilgan ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Shuningdek, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, sudda ularning huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatxonalar tashkil etish orqali ta’minlash, advokatlar tomonidan qonun hujjatlariga, kasb etikasi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirayotir.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda 1,3 mingdan ziyod advokatlik tuzilmasi faoliyat yuritayotgani, ularda jami 3,7 mingdan ortiq mutaxassis fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatayotgani aytib o‘tildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillarini advokat kasbiga qo‘yiladigan talablar, litsenziya berishning tartib-taomillari, soha mutaxassislari malakasini oshirish, qonunchilikda advokat xizmatidan foydalanishning huquqiy asoslari haqidagi savollar qiziqtirdi. Mutaxassislar anjumanda ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan ma’lumot berdi.

www.uza.uz