Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi anʼanaviy oʻtkaziladi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi anʼanaviy oʻtkaziladi

Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 22-23 noyabr kunlari Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi boʻlib oʻtdi.

Forumning dastlabki kunida ishtirokchilar “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi merosi – universallik va inson huquqlari”, “Inson huquqlari – Barqaror rivojlanish maqsadlarini taʼminlash asosi sifatida”, “Inson huquqlari sohasi taʼlimi: innovatsiyalar va yangi daʼvatlar” sessiyalarida oʻzaro fikr almashdi.

Ikkinchi kungi sessiya “Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlarning inson huquqlari hurmat qilinishi, himoya etilishi hamda ularga rioya qilinishini taʼminlash masalalarida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorligi” mavzusiga bagʻishlandi. Bu haqda Inson huquqlari boʻyicha Moʻgʻuliston milliy komissiyasi bosh komissari Yamsran Byambadorj, Qirgʻiziston Ombudsmani Tokon Mamitov, Inson huquqlari boʻyicha Indoneziya milliy komissiyasi raisi Ahmad Damanik, Inson huquqlari boʻyicha Oʻmon sultonligi qoʻmitasi aʼzosi Isʼhoq bin Jumma al-Xarusiyning maʼruzalari tinglandi.

Ushbu maʼruzalar va mavzu yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida sessiyaning taklif va tavsiyalari ishlab chiqildi.

Shundan soʻng forum yakunlariga bagʻishlangan yakuniy majlis oʻtkazildi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik” mavzusidagi Osiyo forumi muvaffaqiyatli oʻtganini taʼkidladi.

– Ikki kun davomida forum sessiyalarida koʻplab maʼruzalar tinglandi, – dedi A.Saidov. – Shuningdek, mavzular boʻyicha kichik ishchi guruhlarda maʼruzalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi. Mazkur yigʻilishlarda ellikdan ortiq ishtirokchi – xalqaro tashkilotlar, davlat organlari, parlament vakillari, sud-huquq idoralari xodimlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari inson huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻz taklif va tavsiyalarini bayon etdi. Tadbir tashkilotchilari ushbu fikrlarni forumning yakuniy hujjati – Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini tayyorlashda eʼtiborga oldi va ular hujjatda aks etdi. Anjuman qatnashchilari Osiyo forumi oʻz vaqtida tashkil etilgani va unda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha dolzarb masalalar muhokama etilganini qayd etdi.

BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissarining maxsus vakili Adam Abdelmula Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan ushbu forum sohada faoliyat olib borayotgan milliy institutlar, xalqaro ekspertlar uchun oʻzaro fikr va tajriba almashish, 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarini roʻyobga chiqarish uchun vazifalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etganini taʼkidladi. Shu sababli mazkur forumni anʼanaviy tarzda oʻtkazish taklifini bayon etdi.

YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir, BMTning Oʻzbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili Xelena Freyzer ham forum muvaffaqiyatli oʻtganini qayd etib, unda bildirilgan fikrlar Osiyo mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilish sohasida dolzarb vazifalarni belgilab bergani bilan ahamiyatli boʻlganini taʼkidladi.

YEXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon Makgregor forumda muhokama etilgan masalalar muhimligiga eʼtibor qaratib, asosiy vazifa ularni amalga oshirish ekaniga urgʻu berdi.

– Biz inson huquqlari sohasida harakatdan toʻxtamasak, oldimizga qoʻygan maqsadlarga erishamiz, – dedi Jon Makgregor. – Ikki kun davomida barchamizning diqqat markazimizda turgan masalalar, oʻylantirgan savollarga qaysidir maʼnoda javob topdik, qanday harakat qilishimiz lozimligini angladik. Gap inson haq-huquqlarini taʼminlash, millat kelajagiga qaratilgan ana shu maqsadlar sari intilishda. Barchamiz uchun millat kelajagidan muhim mavzu yoʻq. Mazkur forum ham Oʻzbekiston, umuman, Osiyo mamlakatlarida inson huquqlari sohasidagi islohotlarni yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qiladi. Biz bu borada Oʻzbekistonda olib borilayotgan ishlarni tashkilotimizga aʼzo davlatlarga ibrat qilib koʻrsatamiz.

Forum qatnashchilari ikki kunlik muhokamalar yakunlari yuzasidan Inson huquqlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qildilar. Ushbu hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarishga xizmat qilishi eʼtirof etildi.

Osiyo forumi doirasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov va YEXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottirning uchrashuvi oʻtkazildi. Unda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Forum ishtirokchilari uchun Samarqandning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor maskanlariga sayohat uyushtirildi.

www.uza.uz