“Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar-trening
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent davlat texnika universitetida O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bilan hamkorlikda “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi, deya xabar beradi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati. Ushbu seminarda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, magistrantlari va yosh olimlari ishtirok etdilar.
Agentlik mutaxassislari “Intellektual mulk ob’ektlarining huquqiy muhofazasi”, "Tovar belgilari va xizmat ko’rsatish belgilarini huquqiy muhofazi" va "Sanoat namunalarining huquqiy muhofazasi" kabi mavzularda ma’ruzalar va taqdimotlar bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda quyidagi yo’nalishlar - mexanika va mashinasozlik, geologiya va konchilik ishi, aviasozlik, neft va gaz, kimyoviy texnologiya va sanoat ekologiyasi, energetika va energiya tejamkorlik, elektronika, avtomatika va axborot texnologiyalari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti va menejmenti hamda fundamental fanlar bo’yicha yalpi va sho’’ba majlislari o’tkazildi.
Tadbir yakunida 13-15 aprel kunlari “Iqtidorli yoshlarning fan haftaligi” doirasida bo’lib o’tgan «Fan va texnika taraqqiyotida intellektual yoshlarning o’rni» mavzusidagi Respublika ilmiy anjumani hamda “Eng yaxshi innovatsion g’oya” va “Eng yaxshi ma’ruza” nominatsiyalari bo’yicha tanlovlar g’oliblari e’lon qilindi.
“Jahon” AA