Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

IQTISODIY SAMARADORLIK – FAROVONLIK OMILI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
IQTISODIY SAMARADORLIK – FAROVONLIK OMILI

Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin besh yillikdagi muhim yo‘nalish va ustuvor vazifalarini belgilab berdi.

Bugun mamlakatimizda barcha sohalarda yuksalish, taraqqiyot kuzatilmoqda, odamlarning turmush farovonligi muttasil oshib bormoqda. O‘zbekiston bir paytlardagi faqat xomashyo yetkazib berishga ixtisoslashgan agrar respublikadan sanoati jadal rivojlanayotgan, iqtisodiy qudrati va salohiyati yuksalib borayotgan zamonaviy davlatga aylandi. Farg‘ona viloyatining sanoat imkoniyatlari ham misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. Viloyat markazidan tortib, chekka tuman va qishloqlarda ham zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari barpo etildi. Muhtasham sport va madaniyat inshootlari qad rostladi.

Bugungi kunda viloyatimizda xorijiy investorlar ishtirokida 150 dan ziyod korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilning o‘zida iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada kengaytirish, sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va faol diversifikatsiyalash maqsadlariga, jumladan, asosiy kapitalga 2 trillion 347 milliard so‘mlik investitsiyalar kiritilib, ularning qariyb 70 foizi ishlab chiqarishni yangilash, zamonaviy texnika va texnologiyalar sotib olishga yo‘naltirildi. Shuningdek, 194 milliard so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib, ularning hajmi 2015-yilga nisbatan 2,2 barobar o‘sdi.

Bular shunchaki raqamlar emas. Uning ortida inson manfaatlariga qaratilgan olijanob maqsadlar, xalqimizning ulkan bunyodkorlik salohiyati mujassam. Axir, raqamlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolmaydi, aksincha, uning zamirida qancha vaqt, mehnat, qancha mablag‘ yotibdi, eng muhimi, odamlar turmush farovonligi muttasil yuksalib borayotgani aks etadi. Bu raqamlar hududning ilgarigi sanoat imkoniyatiyu odamlar hayot darajasi qanday bo‘lganini bugungisi bilan taqqoslash, xulosa chiqarish imkonini beradi.

Bizning zavodimizda ham iqtisodiy samaradorlikni yanada oshirishga, zamonaviy texnologiyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xorij texnologiyalari yordamida tayyorlanayotgan neft-gaz sohasi uchun butlovchi qismlar, muqobil isitish qozonlari, yuqori bosimga chidamli gaz sig‘imlari, gaz ballonlari yuqori sifati va raqobatbardoshligi bilan ajralib turadi. O‘tgan yili buyurtmachilarga 60 milliard so‘mlikdan ortiq mahsulot yetkazib berdik.

Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtirishga oid belgilangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini yanada yuksaltirish, aholi farovonligini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Chunonchi, ushbu hujjatda iqtisodiyotning ochiqligi va raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, moliya-bank sohasini tubdan isloh etish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilishga e’tibor qaratilgan.

Albatta, mazkur farmon asosida qabul qilinadigan dasturlar jamiyatimiz faoliyatini yanada takomomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish, investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini kengaytiradi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning shu yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishning mantiqiy davomi sifatida iqtisodiyotimizni yangi bosqichga olib chiqishi shubhasizdir. Ayni paytda “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab tadbirkorlar bugun bu yerda o‘z loyihalarini amalga oshirish istagini bildirmoqda. Harakatlar strategiyasida bu boradagi ko‘plab vazifalar belgilangani barchaga manzur bo‘lmoqda.

Amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar aholi turmush darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish va mamlakatimizda “Inson manfaatlari har narsadan ustun” prinsipini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi.

Sharifjon Yo‘ldoshev,
“Qo‘qon mexanika zavodi” aksiyadorlik jamiyati direktori,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi.

O’zA