Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Iqtisodiy va ijtimoiy investitsiya loyihalarining ijrosi koʻrib chiqildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Iqtisodiy va ijtimoiy investitsiya loyihalarining ijrosi koʻrib chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni xorijiy mamlakatlar bilan erishilgan kelishuvlar ijrosi, yangi investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Dastlab Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarining ijrosi koʻrib chiqildi. Joriy yil mart oyida davlatimiz rahbarining ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi juda samarali boʻlgan, erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha aprel oyida “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgan edi.

Undan koʻplab istiqbolli loyihalar oʻrin olgan. 300 million dollar evaziga Samarqand shahri infratuzilmasini rivojlantirish, Navoiy viloyatida 200 million dollarlik shamol va 150 million dollarlik quyosh elektr stansiyalari qurish, 203 million dollar evaziga Sirdaryo viloyatida sellyuloza, omuxta yem va qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi agrosanoat klasteri tashkil etish loyihalari shular jumlasidandir.

Mutasaddilar investitsiya oʻzlashtirilishi boshlangan loyihalar ijrosining borishi boʻyicha hisobot berdi. Shuningdek, neft-gaz, kimyo, energetika, meva-sabzavotlarni qayta ishlash sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari bu boradagi ishlarning, qurilajak zavod va korxonalarning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatiga eʼtibor qaratib, ularni tez va puxta amalga oshirish lozimligini taʼkidladi. Yangi loyihalar boʻyicha muzokaralarni yakunlash, qurilish ishlarini boshlash boʻyicha tegishli topshiriqlar berdi.
Maʼlumki, joriy yil oxirida Prezidentimizning Yaponiyaga tashrifi rejalashtirilgan boʻlib, unga tayyorgarlik doirasida Tokio bilan energetika, transport, qishloq xoʻjaligi, xizmat koʻrsatish sohalariga doir kelishuvlarga erishilgan.

Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish, yapon texnologiyalari asosida elektrostansiya qurish, suv tozalash va suv taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish, shahar qatnoviga moʻljallangan elektrobuslar ishlab chiqarishga oid loyihalar boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu oliy darajadagi tashrifga tayyorgarlik hamda Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik holati boʻyicha maʼlumot berildi.

Yigʻilishda Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ham muhokama qilindi. Dasturga muvofiq, Qoʻqon shahrida umumiy qiymati 420 million dollarlik 250 ta, Margʻilon shahrida 192 million dollarlik 172 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Ajratilayotgan investitsiyalar ushbu shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash va yangi turar joylar qurishga yoʻnaltiriladi. Prezidentimiz mazkur uch yoʻnalish Qoʻqon va Margʻilon shaharlarini har tomonlama yangilash, odamlar hayot sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini taʼkidladi.

Toshkent shahrida oʻtkazilgan Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi va investitsiya forumi yakunlariga ham eʼtibor qaratildi.

Avval berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mutasaddilarning axboroti tinglandi va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.


www.president.uz