Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

ISPANIYADA O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING DEMOKRATIK DAVLAT QURISHDAGI O’RNI MUHOKAMA QILINDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
ISPANIYADA O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING DEMOKRATIK DAVLAT QURISHDAGI O'RNI MUHOKAMA QILINDI

Ispaniyaning Barselona shahrida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir mamlakatimizning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan “Casa Asia” Osiyo mamlakatlari bilan madaniy aloqalar instituti va Ramon Llul nomidagi universitet bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Seminarda ispaniya ekspert-tahliliy doira vakillari, Ramon Llul nomidagi universitet o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarga mamlakatimiz asosiy qomusining qabul qilinish tarixi, shuningdek, Konstitutsiyaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda muhim islohotlarni amalga oshirishdagi ahamiyati to’g’risida batafsil ma’lumot berildi. Seminar chog’ida O’zbekiston Konstitutsiyasi xokimiyat organlarining bo’linishi, qonun ustivorligi, inson huquqlarini hurmat va himoya qilish singari umume’tirof etilgan tomoyillarni o’z ichiga qamrab olgan milliy taraqqiyotning eng muhim xujjati ekanligi ta’kidlab o’tildi.

Munozara davomida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mustaqillik yillarida jamiyatning siyosiy va iqtisodiy hayotini modernizatsiya qilishda, tinchlikni, ijtimoiy barqarorlikni va millatlararo totuvlikni, shuningdek, davlatimizni xalqaro hamjamiyatga to’liq integratsiyalashuvini ta’minlashdagi o’rni va ahamiyati haqida fikr almashildi. Seminar ishtirokchilari ko’p partiyaviylik tizimining shakllanishi va demokratik saylovlar institutining tashkil topishi, NNT larning faoliyati, O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari bilan qiziqdilar. Ularning ba’zilari “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyularida o’z fikrlarini bayon qildilar.

— Biz bugun mamlakatning xozirgi taraqqiyotida O’zbekiston Konstitutsiyasining o’rni va ahamiyati bilan batafsil tanishdik, - deya ta’kidladi Ramon Llul universiteti professori Xosep Karbonel. -Asosiy qonunning nizomlari demokratlashtirish jarayonini yo’naltirib turadi, bundan ko’pgina davlatlarning tajribasi guvohlik beradi. O’ylaymanki, Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari va demokratik qadriyatlarga qarab ish tutish O’zbekiston va uning xalqiga o’tish bosqichidagi qiyinchiliklarni yengib o’tishga, huquqiy davlatning asoslarini o’rnatishga va rivojlantirishga imkon berdi.

O’z navbatida, “Casa Asia” institutining dasturlar direktori Rafael Bueno o’zbek xalqini muhim sana, Konstitutsiya qabul qilinganligining 23 yilligi bilan tabrikladi. Ispaniyalik ekspertning ta’kidlashicha, mazkur fundamental huquqiy xujjat mamlakatning izchil rivojlanishi, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy barqarorligining kafolati bo’lib xizmat qiladi.

— Seminar davomida Konstitutsiyani yangi davlat qurishdagi o’rni bilan bir qatorda asosiy qonunga kiritilgan tamoyillardan kelib chiquvchi O’zbekistonning xozirgi taraqqiyotining o’ziga xos tomonlarini ham muhokama qildik, - deb xulosa qildi R.Bueno.

“Jahon” AA, Madrid