ISROIL MATBUOTI O’ZBEKISTON PREZIDENTI SAYLOVI YAKUNLARI HAQIDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimizda yaqinda bo’lib o’tgan saylov jarayonlari va yakunlari dunyoning ko’plab davlatlari ommaviy axborot vositalari qatorida Isroil matbuotida ham keng yoritildi.
Xususan, Jerusalem Rost gazetasida chop etilgan maqolada O’zbekistonda bo’lib o’tgan saylovni 600 dan ziyod xalqaro kuzatuvchilar monitoring qilishgani qayd etiladi.
O’zbekistonni iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan dunyoviy davlat sifatida ta’riflar ekan, nashr mamlakat o’tgan 25 yillik mustaqil taraqqiyot davrida ko’plab muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritgani haqida yozadi. Yurtimizda o’tgan muhim siyosiy tadbirda qatnashgan isroillik kuzatuvchilarning fikrlariga tayangan holda, Jerusalem Rost o’zbek jamiyatida xotirjamlik muhiti hukmron ekanligini ta’kidlaydi. “Aholi turmushining farovonlik darajasi oshgan, mamlakat qiyofasi va shaharlarning me’moriy ko’rishlarini o’zgargan, millatlararo ahillik saqlanib kelinmoqda”, deyiladi maqolada.
Nashr shuningdek, O’zbekistonda xalqaro demokratik andozalarga mos keladigan milliy saylov tizimi shakllantirilganiga e’tibor qaratadi. “Saylovchilar bilan suhbatlashgan isroillik kuzatuvchilar kelgan xulosaga ko’ra, odamlar yangi rahbaridan mamlakatda barqarorlik va tinchlikning ta’minlanishini, yaratuvchanlik yo’nalishining davom ettirilishini va diniy bag’rikenglikning saqlanib qolishini kutishmoqda”, deya xulosa qiladi Jerusalem Rost.
O’z navbatida, Isroilning rus tilida chop etiladigan “Vesti” gazetasida e’lon qilingan maqolada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ovoz beruvchilarning katta foizi qatnashishi mamlakatda mustaqillik yillarida fuqarolarning yuksak siyosiy madaniyati shakllanganining isbоti ekanligi ta’kidlanadi.
“Jahon” AA, Tel-Aviv