ITALIYALIK EKSPERTLAR O’ZBEKISTONDA BO’LIB O’TGAN PREZIDENT SAYLOVI HAQIDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mamlakatimizda bo’lib o’tgan Prezident saylovi, shubhasiz, huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurish, hayotning barcha sohalarini tubdan yangilash va modernizatsiya qilish bo’yicha hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarning ko’zgusi hisoblanadi.
Joriy yil dekabr oyining birinchi yarmida mamlakatimizdagi saylov jarayonlari Italiya ijtimoiy-siyosiy, ekspert va ishbilarmon doiralarining ham diqqat markazida bo’ldi.
Masalan, Italiya parlamenti Deputatlar palatasining Moliya masalalari bo’yicha komissiyasi raisi Mauritsio Bernardo “Jahon” axborot agentligi uchun bergan intervyusi chog’ida quyidagi fikrlarini bayon etdi:
— O’zbekiston xalqaro maydonda o’zining munosib o’rniga ega. Prezident saylovi sifat jihatdan yangi sharoitlarda o’tdi va u butun xalq manfaatlari yo’lidagi davlat rivojlanishining strategiyasiga javob beradi. Saylov kampaniyasidagi shaffoflik ovoz beruvchilarga munosib nomzodni yoqlash uchun xolisona tanlash huquqini berdi.
Shu o’rinda mamlakatlarimiz xalqlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning kengayishiga hamda yangi savdo-iqtisodiy loyihalarning ilgari surilishiga shaxsan sodiq ekanligimni ta’kidlashni istar edim.
Kamerino universiteti tadqiqotchisi, Markaziy Osiyo bo’yicha ekspert Fabio Indeo:
— Prezident saylovi O’zbekistonning istiqboldagi rejalarini yaqqol namoyon etdi. Mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov O’zbekistonni mustaqillik sari yetakladi va uning davlatchiligini rivojlantirdi. Mazkur saylovlar mamlakat siyosiy barqarorligi va xavfsizligini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiy rivojlanish o’suvchanligini saqlab qolishning kafolati bo’ldi.
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosi birinchi marta o’zining to’laqonli missiyasini O’zbekistonga yubordi. Bu saylov jarayonlariga xolis baho berilishi yuzasidan O’zbekiston va YEXHTning birgalikda olib borgan ishlarining natijasi bo’ldi.
O’zbekiston o’z salohiyatini muvaffaqiyat bilan hayotga tadbiq etishi uning Markaziy Osiyodagi geosiyosiy mavqyeini oshiradi hamda mintaqadagi yetakchilik o’rnini mustahkamlaydi.
Shu bilan birga, Yevroosiyo va O’rtayer dengizi tadqiqotlari markazi ham o’zining veb-sahifasida O’zbekistondagi Prezident saylovi mavzusiga bag’ishlangan maqolani e’lon qildi. Unda bo’lib o’tgan mazkur siyosiy voqyea mamlakat hayoti uchun juda katta ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan. Markazning xabar berishicha, respublikamizda o’tkazilgan tadqiqotlar demokratik o’zgarishlar va islohotlar fuqarolar tomonidan ro’y-rost qo’llab-quvvatlanayotganini tasdiqlagan.
“Jahon” AA, Rim