IVETA GRIGULE: “ISHONCH VA HURMAT – O’ZBEKISTON VA YEVROPA ITTIFOQI O’RTASIDA BIRGALIKDAGI MUVAFAQQIYATLI HARAKATNI YANADA RIVOJLANTIRISH UCHUN ASOSIY OMIL HISOBLANADI”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bo’yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule mamlakatimizga tashrif buyurdi.
Bugun u O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv o’tkazdi.
Olib borilgan muzokaralar yakunida I.Grigule mamlakatimizga uyushtirgan tashrifi yuzasidan “Jahon” axborot agentligiga intervyu berdi:
— Bu mening O’zbekistonga uyushtirgan ilk safarim. Ajoyib ob-havo bilan qarshi olgan ushbu ko’kalamzor shahar menda iliq taassurot uyg’otdi. Dam olish kuni u haqida ko’p marotaba o’qigan va eshitgan, ammo hech qachon u yerda bo’lish nasib etmagan afsonaviy shahar – Samarqandni borib ko’rmoqchiman.
Shaxsan men uchun mamlakatingiz haqida, umuman Markaziy Osiyo haqida fikr-mulohaza yuritish zavq bag’ishlaydi. Chunki Latviya parlamentida deputat sifatida O’zbekiston bilan hamkorlik guruhida faoliyat olib borganman. Tarixga nazar solsak, har doim Markaziy Osiyo va Boltiqbo’yi mamlakatlarni iliq do’stona aloqalar bog’lab turadi. Oradagi masofa olis bo’lishiga qaramasdan, ikki mamlakat xalqlari bir-birlarining madaniyatlari va an’analarini hurmat qilgan holda doim do’stona munosabatda bo’ladilar.
Manashu iliqlik, ishonch va hurmat – O’zbekiston bilan Yevropa ittifoqi o’rtasida, umuman Markaziy Osiyo bilan birgalikdagi muvafaqqiyatli harakatni yanada rivojlantirish uchun asosiy omil hisoblanadi.
Har bir insonning chin ma’noda baxtli bo’lishi u istiqomat qilayotgan mamlakatning barqaror rivojlanishi va gullab-yashnashiga bog’liq. Shu sababli Yevropa Ittifoqi va O’zbekiston aholisi uchun mazkur sanab o’tilgan omillar birdek muhim ahamiyat kasb etadi.
Fursatdan foydalanib barcha o’zbekistonliklarga eng yaxshi tilaklarni tilayman.
“Jahon” AA