Izchil islohotlar samarasi
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Navoiyda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘limi tomonidan “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining miqdor va sifat o‘zgarishlari: Navoiy viloyati misolida” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilab berilgan vazifalarning amalga oshirilishi fuqarolik jamiyati institutlari rivojida yangi bosqichni boshlab bergani ta’kidlandi.
– Mamlakatimizda demokratik islohotlarni amalga oshirish, muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davlat dasturlarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, inson huquq va erkinliklari sohasida qonunlarga rioya qilish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash ustidan jamoatchilik monitoringini o‘tkazishda nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyati sezilarli darajada oshmoqda, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Navoiy viloyati hududiy bo‘limi rahbari Xolmamat Raupov. – Bu borada mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, uning institutlarini tashkil etish va mustahkamlash yo‘lida zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan qator tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirildi. Jumladan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va fondlari, kasaba uyushmalari, ommaviy axborot vositalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Bular fuqarolik jamiyatining institutsional tuzilmasini tashkil etish, fuqarolarni muhim ijtimoiy vazifalarni hal qilish jarayoniga faol jalb etish imkonini bermoqda. Muassasamiz tomonidan o‘tgan yillar davomida qator loyiha va ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilgani fuqarolarning ijtimoiy voqelikka bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi.
Mamlakatimizda aholi turmush farovonligini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarda nodavlat notijorat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, 2014-yilda viloyatda “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturining ijrosini ta’minlashga qaratilgan loyihalarda nodavlat notijorat tashkilotlari faol qatnashdi.
Bugungi kunda viloyatda 372 nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, hududlardagi ijtimoiy muammolarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirilayotir.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















