Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Jahon chempionlari munosib taqdirlandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Jahon chempionlari munosib taqdirlandi

Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida 6-22-sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilgan mamlakatimiz charm qoʻlqop ustalari va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.Ramatov soʻzga chiqib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani, buning samarasida Oʻzbekistonda koʻplab sport turlari kabi boks ham yoshlar oʻrtasida jadal rivojlanayotganini taʼkidladi. Shuningdek, bugungi kunda oʻzbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari sport olamining barcha nufuzli musobaqalari – Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon va qitʼa chempionatlarida yuqori natijalarga erishayotgani haqida toʻxtalib oʻtdi.

Darhaqiqat, bugun oʻzbek boks maktabi tarbiyalanuvchilarining erishayotgan yutuqlarini dunyo eʼtirof etmoqda. Jumladan, Rossiyada oʻtkazilgan jahon chempionatida 80 ga yaqin mamlakatdan kelgan 362 bokschi oʻrtasida oʻzbek oʻgʻlonlari hech kimdan kam emas va kam boʻlmasligini isbotladi.

Jahon chempionatida 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov dastlabki jangda ukrainalik Sotne Rogani, chorak finalda amerikalik Richard Torresni birinchi raundda nokautga uchratdi. Keskin va murosasiz oʻtgan yarim final bahsida bokschimiz rossiyalik Maksim Babaninni yengdi. Final jangida Bahodir azaliy raqibi qozogʻistonlik Kamshibek Konkabayevga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.

Oʻzining yorqin gʻalabalari, raqiblariga boʻlgan oʻzbekona hurmati bilan hurmat qozongan jamoa sardori Bahodir Jalolov musobaqa tashkilotchilari tomonidan chempionatning “Eng yaxshi bokschisi“ deb topildi.

Shuningdek, dunyo birinchiligida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) ham barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Finalga qadar muvaffaqiyatga erishgan Dilshodbek Roʻzmetov (-81 kg) kumush medalga, isteʼdodli vakilimiz Bobo-Usmon Botirov (-69 kg) bronza medalga sazovor boʻldi.

Taqdirlash marosimida bu sportchilar va ularning murabbiylariga Prezident sovgʻasi – pul mukofoti va avtomobillar topshirildi.

Jumladan, chempionatning oltin medalini qoʻlga kiritgan har bir bokschi 12 ming AQSH dollari va “Tracker” avtomobili, kumush medal sohibi 6 ming AQSH dollari hamda “Gentra” avtomobili, bronza medal sovrindori 3 ming AQSH dollari va “Nexia 3“ avtomobili bilan taqdirlandi.

Shuningdek, oltin medal sovrindorlari murabbiylari 6 ming AQSH dollari, kumush medalni qoʻlga kiritgan bokschimiz murabbiyi 3 ming AQSH dollari, bronza medalga sazovor boʻlgan sportchimiz murabbiyi 1500 AQSH dollari bilan mukofotlandi.

– Prezidentimizning biz, sportchilarga bildirayotgan katta ishonchi, murabbiylarning maslahati va qoʻllab-quvvatlashi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatimizda asosiy omil boʻldi, – dedi B.Jalolov. – Davlatimiz rahbarining kamtarona mehnatlarimizni yuqori baholangani bizga yanada kuch-gʻayrat bagʻishlaydi. Shuningdek, davlat mukofoti bilan taqdirlanganimiz uchun chin dildan minnatdorlik bildiramiz. Olimpiya oʻyinlarida ham mamlakatimizga oltin medalni keltirishni oʻz oldimizga maqsad qilganmiz.

www.mfa.uz