Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Jahonning eng kuchli boks maktablari O’zbekistonga intilmoqda

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Jahonning eng kuchli boks maktablari O'zbekistonga intilmoqda

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 27-sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh sportchi va murabbiylar faxriy unvon va medallar bilan taqdirlangan edi.

30-sentyabr kuni Koʻksaroyda ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi.

Tantanali marosimdan soʻng muzaffar sportchilarimiz va ularning murabbiylari bilan suhbatlashdik.

1-Jalolov Bahodir.JPGBahodir Jalolov, boks boʻyicha jahon chempioni, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi:

– Bundan uch yil oldin Prezidentimizga, albatta, jahon chempioni boʻlaman, deb vaʼda bergandim. Buning uddasidan chiqqanim zoʻr ish boʻldi. Axir xalqimiz tili bilan aytganda, polvonman. Polvon esa bir soʻzli boʻladi. Endi chempionat haqida aytsam, dastlab ukrainalik Sotne Rogani yengdim, chorak finalda amerikalik Richard Torresni ilk raundda nokautga uchratdim, yarim final bahsida rossiyalik Maksim Babaninni, soʻnggi hal qiluvchi final jangida azaliy raqibim qozogʻistonlik Kamshibek Konkabayevni magʻlubiyatga uchratdim. Chempionatning “Eng yaxshi bokschisi”, deb eʼtirof etildim. Otam rahmatli mening jahon chempioni boʻlishimni orzu qilardi. Afsus, koʻrish nasib etmadi... Chekka tumanda tugʻilib oʻsgan bola bir kun kelib oʻz vaznida dunyoda tengsiz boʻlishini ilgari orzu ham qilishmagan. Bularning bari mamlakatimizda sportga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar samarasi, deb bilaman. Ayniqsa, hozirgina Prezidentimiz koʻksimga “Oʻzbekiston iftixori” unvonini taqar ekan, oʻzimni naq yettinchi osmonda his qildim. Bu menga yanada kuch-gʻayrat, shijoat berdi. Oʻzimga ishonch berdi. Endi Tokio olimpiadasi litsenziyasini qoʻlga kiritib, u yerda ham chempion boʻlmasam, uyat boʻladi.

2-Mirzahalilov Mirazizbek.JPGMirazizbek Mirzaxalilov, boks boʻyicha jahon chempioni, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi:

– Toʻgʻrisi, hech bir jang oson boʻlgani yoʻq. Ringdagi raqiblarimiz Kuba, AQSH, Rossiya, Qozogʻiston kabi kuchli boks maktabi vakillari edi-da. Ular ham nimagadir ishonib kelgan, chempion boʻlishni istaydi. Shunday boʻlsa-da, bizga yaratilayotgan sharoitlar, bildirilayotgan ishonchlarni oqlash uchun ortimizda Vatan shaʼni turganini his etib jang qildik. Prezidentimiz “Oʻzbekiston iftixori” unvoniga munosib koʻrganidan xursandman. Endi chempionlikni saqlab qolishimiz kerak. Chunki, navbatdagi musobaqalarda har bir mamlakat terma jamoasi bizga qarshi alohida tayyorgarlik koʻrib ringga chiqadi.

3-Kurbanov Marad.JPGMarat Qurbonov, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi:

– Avvalo, shunday yuksak unvonga munosib koʻrganlari uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman. Yigitlarimiz chorak final, yarim finalga chiqqanida Irlandiya, Rossiya, Polsha, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Vengriya, Kuba terma jamoalari bosh murabbiylari yonimga kelib, Oʻzbekistonga borib sizlar bilan mashgʻulot oʻtkazsak, deb iltimos qilishdi, Olimpiadaga birga tayyorgarlik koʻrsak, deyishdi. Men qirq uch yildan beri murabbiy boʻlib ishlayman. Orzu qilardim, terma jamoamizni xorij davlatlariga olib borib mahoratini oshirishni, yaxshi yutuqlarga erishishni. Shukrki, yaratilgan sharoit, qoʻlga kiritilayotgan natijalar sabab, bugun boks boʻyicha yetakchi davlatlar vakillari oʻzlari bizga taklif bilan chiqishmoqda. Bizga tan beryapti, zoʻrligimizni koʻryapti-da. Bu mamlakatimizda sportga berilayotgan eʼtibor tufaylidir. Buyogʻi yanayam zoʻr boʻlishiga ishonamiz. Endi Toshkent viloyatidagi “Yangiobod” bazasida zamonaviy mashgʻulot zallari, mehmonxona, oshxona qurilishi rejalashtirilgan. Nasib etsa, bildirilgan ishonchni oqlab, Tokio Olimpiadasida ham munosib ishtirok etamiz.

6-Zoirov Shahobiddin.JPGShahobiddin Zoirov, boks boʻyicha jahon chempioni, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi:

– Biz, sportchilarga koʻrsatilayotgan ulkan gʻamxoʻrlik, yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman. Shu imkoniyatlar sabab, jahon va Olimpiada chempioni boʻldim. Hozirgina Prezidentimiz qoʻlidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonini oldim, mendan baxtiyor inson yoʻq. Shu darajaga yetishimda doimo yonimda kamarbasta boʻlgan ota-onam, murabbiylarimga ham minnnatdorlik bildiraman. Shu bilan toʻxtab qolish yoʻq. Tokio Olimpiadasida ham yuqori natijaga erishishga vaʼda beraman.

7-Baturov Bobo-Usmon.JPGBobo-Usmon Botirov, boks boʻyicha jahon chempionati bronza medali sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi:

– Oʻn besh yildan beri boks bilan shugʻullanaman. Mamlakatimizda sport bilan shugʻullanish uchun yaratilgan sharoitlar tufayli Islom birdamlik oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, Osiyo chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritganman. Jahon chempionatida ham sovrindor boʻldim. Prezidentimiz oʻz qoʻllari bilan koʻksimga medal taqib qoʻydilar. Jahon chempionati ringlarida gʻalaba qilganimda ham bunchalik hayajonlanmagan edim. Oʻzimni dunyodagi eng baxtiyor sportchi deb his qildim. Buning uchun Prezidentimizdan juda minnatdorman. Davlatimiz rahbariga oʻzim tugʻilib oʻsgan Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Bobo-Usmon sport maktabini ochish va u yerda chempionlar tayyorlash niyatida ekanimni aytdim. Prezidentimiz qoʻllab-quvvatladilar. Bu mening hayajonim va oʻz kuchimga boʻlgan ishonchimni yanada oshirdi.

8-Ruzmetov Dilshodbek.JPGDilshodbek Roʻzmetov, boks boʻyicha jahon chempionati kumush medali sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi:

– Men terma jamoaning eng yosh aʼzosiman. Endi yigirmaga kirdim. Jahon chempionatida kattalar terma jamoasi safida ilk bor ishtirok etib, kumush medal bilan taqdirlandim. Toʻgʻrisi, biroz tajriba yetishmadi, boʻlmasa men ham chempion boʻlardim. Lekin keyingi chempionatda eng yuqori shohsupani egallashga vaʼda beraman. Nasib etsa, Olimpiada oʻyinlarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilaman.

OʻzA