Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Jamoat tartibini saqlashning dolzarb masalalari

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Jamoat tartibini saqlashning dolzarb masalalari

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatimizda barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligini ta’minlashga qaratilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini berayotir.

Bu jarayonda ichki ishlar idoralari tomonidan ham izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yillarda Ichki ishlar vazirligi va uning quyi tizimlari faoliyati tubdan takomillashtirildi. Yetakchi sohaviy yo‘nalishlar – jinoyat-qidiruv va terrorizmga qarshi kurash, tergov, huquqbuzarliklarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi, yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari bilan birga patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlashning zamon talablari darajasida faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilgani barqarorlikni saqlashga xizmat qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari” mavzuida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada shular haqida fikr yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari A.Mirzayev, akademiya boshlig‘i Sh.Ikromov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida tanlangan mamlakatimizning mustaqil taraqqiyot yo‘li naqadar to‘g‘ri ekani erishilayotgan muvaffaqiyatlarda namoyon bo‘layotganini alohida ta’kidladi. Barqarorlikni ta’minlashga bo‘lgan e’tibor va buning izchil ta’minlanayotgani barcha sohalarda, jumladan, Prezident saylovining yuksak demokratik talablar asosida o‘tganida o‘z aksini topdi.

Ichki ishlar idoralarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanayotgani va yuksak malakali, professional kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilgani, shaxsiy tarkibning nafaqat kasb mahorati, balki ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy bilimini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar sohadagi ishlar samaradorligini oshirmoqda. Huquq-tartibotni saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimi yaratilgani yurtdoshlarimiz xotirjamligida asosiy omil bo‘lmoqda.

Anjumanda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashning nazariy-huquqiy jihatlari, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish masalalari tahlil qilindi. Jamoat tartibini saqlashda uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, bu borada tegishli sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashga e’tibor qaratildi.

Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, Bosh prokuratura, Adliya, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat bojxona, Soliq qo‘mitalari, Matbuot va axborot agentligi, Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar ishtirok etgan tadbirda sohaga doir ayrim qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

www.uza.uz