JANUBIY KOREYADA O’ZBEKISTONLIK TALABALARGA PARLAMENT SAYLOVIDA QATNASHISH TARTIBОTI HAQIDA “DAVRA SUHBATI” O’TKAZILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tedjon shahridagi “Vuson” universiteti rahbariyati hamkorligida mazkur oliy o’quv yurtining Solbridj biznes maktabida tahsil olayotgan o’zbekistonlik talabalar ishtirokida “davra suhbati” o’tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
300ga yaqin vatandosh qatnashgan tadbirda O’zbekistonda joriy yil 22-dekabr kuni bo’lib o’tadigan parlament sayloviga tayyorgarlik ishlari, bu jarayonda chet elda o’qiyotgan, mehnat qilayotgan yoki yashayotgan yurtdoshlarimiz uchun ovoz berishda yaratilayotgan qulay sharoitlar haqida ma’lumot berildi.
“Davra suhbati” qatnashchilari O’zbekiston Respublikasining saylov tizimi to’g’risida batafsil ma’lumotga ega bo’lish bilan birga yangi qabul qilingan Saylov kodeksi mazmun-mohiyati hamda saylovchilarga yaratilgan keng imkoniyatlar haqida fikr almashdi.
Elchixona xodimlari tomonidan saylovda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish qoidalari va ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa savollarga javob berildi.
“Dunyo” AA