JORIY YILDA “O’ZBEKISTON HAVO YO’LLARI” MILLIY AVIAKOMPANIYASI 12 TA LOYIHANI AMALGA OSHIRADI

O’zbekiston Respublikasi xukumati qaroriga muvofiq, “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi 12 ta sarmoyaviy loyihani amalga oshirishni rejalashtirgan, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.

Shulardan yettitasi O’zbekistonning 2015-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan. Aeroport infratuzilmasini rivojlantirish, “Boing-787” samolyotlariga texnik xizmat ko’rsatish uchun angar qurilishi, havo kemalari parkini yangilash, aeportlarni maxsus texnika va tekshiruv vositalari bilan jihozlash shular jumlasidandir.

“O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasining matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, ular orasida “Toshkent” xalqaro aeroporti modernizatsiyasi alohida o’rin tutadi.

“Jahon” AA