Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Kelgusi yilda islohotlarni jadallashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Kelgusi yilda islohotlarni jadallashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-dekabr kuni 2020-yilda ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlarni jadallashtirish, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilash va taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Jahon bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi kunda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va uning raqobatbardoshligini oshirish – eng ustuvor vazifa, zamon bilan hamnafas boʻlishning muhim sharti ekani taʼkidlandi.

Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda. Iqtisodiyotni liberallashtirish, teng raqobat muhitini shakllantirish, mahalliylashtirishni kengaytirish, energiya tejamkorligini oshirish kabi muhim yoʻnalishlar boʻyicha oʻnlab farmon va qarorlar qabul qilinib, biznes subyektlariga zarur sharoitlar yaratildi.

Lekin islohotlar real hayotda oʻz aksini yetarli darajada topmayapti. Yigʻilishda turli sohalarda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtildi, tegishli rahbarlarning faoliyati keskin tanqid ostiga olindi.

Masalan, energetika tizimidagi yoʻqotishlarni keskin kamaytirish, sotilgan elektr quvvatining hisobini toʻgʻri yuritish va debitor qarzdorlikni qisqartirish ishlari yetarli darajada olib borilmayapti.

Davlatimiz rahbari taʼkidlanidek, tabiiy gazni qazib olish, transportirovka qilish va taqsimlashda haqqoniy hisobga olish tizimi mavjud emas. Ayniqsa, gaz va elektr energiyasi taʼminotidagi uzilishlar odamlarimizning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Soʻnggi 3 yilda kadastr sohasini isloh qilish boʻyicha ham qabul qilingan 10 taga yaqin qaror haligacha toʻliq ishlab ketgani yoʻq. Masalan, yer ajratishning onlayn auksion tizimi hanuzgacha joriy etilgani yoʻq, kadastr maʼlumotlarini raqamlashtirish ishlari yakunlanmagan. Hozirga qadar yerga boʻlgan huquqning yangi shakli va uni berishning ochiq-oshkora mexanizmlari ishlab chiqilmadi.

Qurilish sohasida bugungi kunga qadar eski standart va meʼyorlar saqlanib qolmoqda, dedi davlatimiz rahbari. Yangi innovatsion yechimlar va loyihalar ustida ishlovchi mutaxassislar tayyorlashga umuman eʼtibor berilmayapti.

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, qurilishga ruxsatnomalar berish va kelishish jarayonlari qogʻoz shaklida amalga oshmoqda. Mutasaddi tashkilotlarda oʻzaro elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyilmagan.

Yigʻilishda transport sohasidagi muammolarga ham eʼtibor qaratildi. Misol uchun, yuk tashish tariflarining yuqoriligi bois mahsulotlar tannarxi balandligicha qolyapti. Aholiga qulay va arzon transport xizmatlari koʻrsatish talab darajasida emas.

Xalqaro taʼlim standartlarini joriy etishga yetarli eʼtibor qaratilmayotgani ham koʻrsatib oʻtildi. Prezident taʼkidlanidek, professor-oʻqituvchilar malakasini baholash mezonlari zamon talablariga mos kelmaydi.

Bunday nuqsonlarni bank-moliya, soliq, raqamli iqtisodiyot, korrupsiyaga qarshi kurash kabi boshqa sohalarda ham kuzatish mumkin.

Jahon bankining xulosasiga koʻra, iqtisodiyotimizda davlat ulushi hanuzgacha yuqoriligicha qolmoqda va bugungi kunda 50-55 foizni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan, soʻnggi uch yilda qabul qilingan qarorlar ijrosini tanqidiy baholash orqali “oqsayotgan” 13 ta muhim yoʻnalishda tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqishga masʼul boʻlgan ishchi guruhlar tuzildi.

Davlatimiz rahbari ushbu ishchi guruhlar tomonidan joriy yil 20-dekabrgacha amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlarni belgilab berdi.

Avvalo, koʻrsatilgan har bir tarmoq boʻyicha soʻnggi uch yilda qabul qilingan hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularning hayotga joriy etilish holatini tanqidiy oʻrganish kerakligi taʼkidlandi. Chunki ayrim qarorlarda oʻrnatilgan tartiblar amalda qoʻllanilmayapti. Masalan, Jahon banki ekspertlarining fikricha, Oʻzbekistonda tadbirkorlik sohasidagi 97 islohotdan 24 tasi toʻliq joriy etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qarorlarda belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish holatini tanqidiy tahlil qilish, bunga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlab, ularni har bir soha, yoʻnalish va hudud kesimida hal etish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Mutasaddilarga 2020-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, ularning masʼul ijrochilari, aniq muddatlari va moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. Bu hujjatlarda har bir tarmoq va hudud boʻyicha qilinadigan ishlar hamda kelgusi yili erishiladigan marralar oʻz aksini topadi.

Islohotlarni jadallashtirish va “yoʻl xaritalari” ijrosini sifatli taʼminlash maqsadida har bir yoʻnalish boʻyicha “loyiha ofislari” tashkil etish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tuzilmalarning asosiy vazifasi muayyan chora-tadbir boʻyicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etishdan iborat boʻladi.

Belgilanayotgan ishlar ijrosini sifatli tashkil etishga keng jamoatchilik, tadbirkorlar, xalqaro moliya institutlari mutaxassislari, xorijiy ekspertlarni jalb qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytirish, shu orqali raqobatbardoshligini oshirish 2020-yilgi eng ustuvor vazifa boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Tarmoqlar rahbarlari asosiy eʼtiborni investitsiyalarning samaradorligiga qaratishi muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Islohotlar ijrosi soʻzsiz taʼminlanishi uchun shunday nazorat tizimi belgilandiki, unga muvofiq, Oʻzbekiston Bosh vaziri har ikki haftada ishchi guruhlar tomonidan bajarilgan ishlar, aniqlangan muammolar va ularning yechimi yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni muhokama qilib boradi. Masʼul soha rahbari har oy aniq bir hudud misolida bajarilgan ishlar va ularning natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasida taqdimot oʻtkazadi. Maqsadli indikatorlarni taʼminlamagan rahbarning shaxsiy javobgarligi koʻrib chiqiladi.

Yigʻilishda muhokama qilingan masalalar boʻyicha ishchi guruhlar rahbarlari va ularga biriktirilgan masʼullarning axboroti tinglandi.

O’zA