Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

KO‘NIKMA VA USLUBIY MAHORAT TAKOMILLASHMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
KO‘NIKMA VA USLUBIY MAHORAT TAKOMILLASHMOQDA

Toshkent harbiy okrugi dala-o‘quv maydonlaridan birida okrug qo‘shinlarining navbatdagi harbiy-amaliy konferensiyasi va ko‘rgazmali taktik o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonlarining o‘rinbosarlari, tegishli harbiy qism va batalon komandirlari hamda ularning o‘rinbosarlari, quruqlikdagi qo‘shinlar vertolyot aviatsiyasi va artilleriya bo‘linmalari mas’ul ofitserlari, Qurolli Kuchlar akademiyasi, oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tinglovchilar va kursantlar ishtirok etdi.

Bo‘linmalarning o‘zaro hamkorligini ta’minlash, jangovar shayligini oshirish, harbiy xizmatchilarning harbiy harakatlar vaqtidagi tajriba va mahoratini, murakkab sharoitlarda nostandart qarorlar qabul qilish ko‘nikmasini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan anjuman va taktik o‘quv mashg‘ulotlari uch bosqichda o‘tkazildi.

Taktik o‘quv mashg‘ulotlarining birinchi bosqichida harbiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni, Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Shundan so‘ng dala-o‘quv mashg‘ulotlarini yuqori darajada tashkillashtirish va o‘tkazish, o‘quv joylarini tashkil etish, mashg‘ulotlar mobaynida jangovar qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar imkoniyatidan, zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan keng va unumli foydalanish, quruqlikdagi qo‘shinlar vertolyot aviatsiyasi bilan uzviy va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, harbiy xizmatchilarning bu boradagi bilim va malakasini yanada takomillashtirish yuzasidan ma’ruzalar tinglandi.

Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar e’tiboriga batalon bo‘linmalarining taktik o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarligini ko‘rikdan o‘tkazish, aloqa vositalari va texnikalari, shaxsiy anjomlari va jamoaviy himoya vositalari, muhandislik texnikalarini tayyorlash, batalonni qisqa vaqtda jangovar shaylikka keltirish hamda bo‘linmalarning belgilangan hududga chiqarilishi kabi masalalar bo‘yicha ko‘rgazmali mashqlar namoyish etildi.

O‘quv mashg‘ulotlarining ikkinchi bosqichida dala-o‘quv maydonida tashkil etilgan o‘quv joylarida batalonning belgilangan hududda joylashuvi, himoya qilinishi, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy ta’minoti va aloqani tashkillashtirish hamda batalon va vzvod boshqaruv va qo‘mondonlik-kuzatuv punktlarini, muhandislik, kimyo kuzatuv, vertolyot maydonchasi, havo hujumidan mudofaa va artilleriya bo‘linmalari pozitsiyasini tayyorlash, shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar vertolyot aviatsiyasi va artilleriya bo‘linmalari texnikalari ko‘rgazmasi, ularning jangovar imkoniyatlari hamda aviatsiya, artilleriya va jangovar bo‘linmalar taktik harakatini o‘zaro uyg‘unlashtirish bo‘yicha ko‘rgazmali-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Taktik o‘quv mashg‘ulotlarning uchinchi bosqichida bo‘linmalar tomonidan dala-o‘quv maydonida amaliy tarzda qo‘yilgan jangovar vazifa bajarilishi namoyish etildi. Dala-o‘quv maydoniga yetib kelgan jangovar bo‘linmalar tomonidan hududni o‘rganish, himoya pozitsiyalarini egallash, harbiy texnikalarni niqoblash ishlari sifatli darajada qisqa fursatda bajarildi. Himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, bo‘linmalarni real vaqt mezonlari asosida samarali boshqarish maqsadida ushbu mashg‘ulotda modellashtirish va simulyatsiya vositalaridan keng foydalanildi.

– Bu kabi amaliy-ko‘rgazmali mashg‘ulotlarning tez-tez o‘tkazilishi biz, komandirlarning professionallik va yetakchilik qobiliyatimiz yanada oshishi, o‘quv mashqlari davomida zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va texnologiyalaridan keng foydalanish hamda uni amaliyotga izchil tatbiq etish bo‘yicha kerakli malakaga ega bo‘lishimizga puxta zamin yaratmoqda, – deydi kapitan T.Alimov. – Ayniqsa, guruh tarkibida harakatlanish va jangovar-o‘quv vazifalarini bajarish bo‘yicha amaliy mashqlar yuksak saviyada o‘tdi. O‘zaro tajriba almashish imkoniyatiga ham ega bo‘ldik.

Taktik o‘quv mashg‘ulotlarida har bir bo‘linma va harbiy mutaxassislar o‘z vazifasi doirasida belgilangan topshiriqlarni a’lo darajada bajarganini alohida ta’kidlash lozim. Bu milliy armiyamizda prinsipial yangi tashkiliy-shtat tuzilmalar, harbiy boshqaruv tizimlari, qo‘shin turlari harakatlarini muvofiqlashtirish va ularning hamkorligini ta’minlash mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan ulkan ishlar amalga oshirilganini namoyish etdi.

Taktik dala-o‘quv mashg‘ulotlari yakunida bir guruh harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi.

O’zA