«Konservatsiya va restavratsiyada an’anaviy va yangi materiallar va texnologiyalar» mavzusida seminar
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xalqaro konferensiya doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 9-iyuldagi “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta’minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 202-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Konservatsiya va restavratsiyada an’anaviy va yangi materiallar va texnologiyalar» mavzusida seminar bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Mazkur seminar Yuta universiteti Mariotta kutubxonasi (AQSh) fondlarni saqlash bo‘yicha mutaxassis Rendi Silverman xamda konservatsiya va restavratsiya bo‘yicha mutaxassis Jamila Al-Me’mariyalar (Ummon) rahbarligida bo‘lib o‘tmoqda.
Seminarda RR-taqdimotlar hamda qog‘oz tayyorlashning qo‘l va mashina usullarini o‘rgatuvchi filmlar namoyish etilmoqda, konservatsiya va restavratsiyaga oid nazariy bilimlar va o‘quv materiallari, qog‘ozlar va muqovalash turlari, nashriyot kitoblarini muqovalash ishi tarixiga oid keng ma’lumotlar berilmoqda.
Seminar AQShning kutubxonalar nodir fondlari, arxivlar va muzeylar mutaxassislari uchun Fulbrayt (Fulbrait specialist) mutaxassislar almashinuvi maxsus dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur seminarda respublikamizning turli axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar, arxivlar va ilmiy-tadqiqot institutlaridan 30 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda.
“Jahon” AA