KOREYA RESPUBLIKASI BOSH VAZIRI O‘RINBOSARI, STRATEGIYA VA MOLIYA VAZIRI CHOY KYONG XVAN O‘ZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASIGA TASHRIF BUYURDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Delegatsiya tashrifi chog‘ida Milliy kutubxona bo‘ylab kutubxonaning kundalik hayotiga tadbiq etilgan zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari bilan tanishtiruv ekskursiyasi olib borildi, deya xabar beradi kutubxona matbuot xizmati.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi binosi simpoziumlar Saroyi bilan birgalikda “Ma’rifat markazi” yagona monumental me’moriy kompleksini tashkil etadi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi zamonaviy uskunalar va qo‘lyozmalar, kitoblar va kitob fondlarida saqlanuvchi boshqa nashrlar bilan ishlashga mo‘ljallangan elektron vositalar bilan jixozlangan.
Mehmonni qutlar ekan, Milliy kutubxona direktori kutubxonaning qurilishi tarixi va hozirgi kundagi faoliyati, bu yerda foydalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar, elektron bazani yaratishda qo‘llanilayotgan zamonaviy axborot texnologiyalari, xalqaro aloqalar, shu jumladan, Koreya Milliy kutubxonasi bilan rivojlanib borayotgan hamkorlik to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Milliy kutubxonada “Koreyaga yo‘l” maxsus zali faoliyat ko‘rsatadi, chet tillarni o‘rganish Markazida esa koreys tilini o’rganish yo‘lga qo‘yilgan.
Yuqori martabali mehmon tashrif so‘ngida bu yerda yoshlarning har tomonlama komol topishi uchun yaratilgan barcha sharoitlarga nisbatan o‘z samimiy taassurotlarini izhor etdi va Milliy kutubxonaga respublikaning ravnaqi yo‘lida ezgu tiklar tiladi.
“Jahon” AA