Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Koronavirusning eng koʻp tarqalgan belgisi oshkor qilindi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Koronavirusning eng koʻp tarqalgan belgisi oshkor qilindi

Amerikalik olimlar mijozlarda koʻzga tashlanadigan koronavirus belgilari orasida eng koʻp tarqalganlaridan biri odamda hid sezish qobiliyati yoʻqolishi ekanligini eʼlon qilishdi. Aynan shu yoʻnalishda olib borilgan tadqiqotlar natijasi “ACS Chemical Neuroscience” jurnalida chop etildi.

Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, koronavirus yuqqan bemorlarda hozirgacha eng asosiy belgilar sifatida eʼtirof etib kelingan tana harorati koʻtarilishi yoki yoʻtal kuzatilmagan hollarda hid ajratolmaslik xususiyati namoyon boʻlarkan. Mutaxassislarning aniqlashicha, oqsil moddalar tarkibidagi virus zarrasi isteʼmol natijasida organizmga kiradi va maʼlum vaqt oʻtib, burun boʻshligʻidagi toʻqimalarga singib ketadi. Oʻtkazilgan tajribalar asosida koʻp miqdordagi shunday oqsillar —ACE2 retseptorlari va TMPRSS2 proteazlari aksariyat hollarda yoshi ulugʻ kishilarda shakllanishi ayonlashdi. Shuning uchun ham ushbu kasallik yoshlarga nisbatan keksalarda ogʻirroq kecharkan.

Hisobotda burun sohasining hid bilish qobiliyati bilan bogʻliq qaysi toʻqimalari zararli oqsillar bilan tezroq munosabatga kirishishi, aniqrogʻi COVID-19 bilan zaharlanishga olib kelishi hozircha maʼlum emasligi qayd etilgan. Mutaxassis-shifokorlar shunday axborotlarga ega boʻlish tashxis qoʻyish hamda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish jarayonini tezlashtirishga yordam berishiga ishonch hosil qilishdi.

Aprel oyi oxirlarida turli davlatlar olimlaridan tuzilgan xalqaro mutaxassislar guruhi “COVID-19”ning ayrim belgilari mijozlarning maʼlum bir qismidagina namoyon boʻlishini aniqlagandi. Masalan, koronavirusning sirtdan bilinmaydigan, kelib chiqishi, balki irsiy, yaʼni genetik asosga ega boʻlgan, yaʼni avloddan avlodga oʻtadigan bunday belgilari qatoriga mushaklardagi ogʻriqlar va hid bilmaslikni ham qoʻshishgandi.

UzA