Kun xabarlari qisqa satrlarda
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Sirdaryo viloyati pillakorlari joriy mavsumda 430 tonna pilla xomashyosi yetishtirish yoʻlida astoydil mehnat qilmoqda. Viloyat xotin-qizlar qoʻmitasining tashabbusi bilan Guliston tumanida pilla yetishtiruvchilar uchun amaliy targʻibot tadbiri tashkil etildi.
9 may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Nukus shahrida qad koʻtargan “Yurt bayrogʻi” maydoni oldida “Sharaf lentasi” aksiyasi oʻtkazildi.
* * *
Boyovut tumani Taraqqiyot SIU va Olmazor mahallasidagi Olmazor qabristoni mahalla aholisi ishtirokida oʻtkazilgan hasharda tozalandi.
* * *
Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyida “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi bilan hamkorlikda “Koʻngil taronasi” nomli koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazma doirasida sanʼat ustalari bilan ijodiy kechalar, raqs shaydolari uchun mahorat darslari oʻtkazildi.
* * *
Nukus shahridagi I.Saviskiynomidagi davlat sanʼat muzeyida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, xalq rassomi Oʻrol Tansiqboyev tavalludining 115 yilligiga bagʻishlangan “Ona diyor kuychisi” nomli badiiy koʻrgazma ochildi.
* * *
Fargʻona viloyati tuman va shaharlaridagi bittadan kasb-hunar kollejida oʻquv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish borasida “Kelajak auditoriyalari” tashkil qilindi.
* * *
Termiz shahar Yoshlar markazi binosi yonida Ikkinchi jahon urushida matonat koʻrsatgan faxriylarimizga ehtirom ramzi sifatida“Sharaf lentasi”ni aholiga ulashish aksiyasi oʻtkazildi.
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan YUNESKO shafeligida xalqaro jaz festivali boʻlib oʻtdi.
OʻzA