MADANIYATGA E’TIBOR – MA’NAVIYATGA E’TIBOR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2016-yil birinchi yarim yillik faoliyatiga bag‘ishlangan hay’at majlisi o‘tkazildi.
Madaniyat va sport ishlari vaziri B.Ahmedov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida milliy madaniyat va san’atimizni ravnaq toptirish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi ezgu sa’y-harakatlar ko‘lami tobora ortayotganini ta’kidladi.
2016-yilning olti oyi davomida teatrlar 3 mingdan ortiq spektakl namoyish etdi. Madaniyat va aholi dam olish markazlari tomonidan 23,6 mingdan ortiq madaniy tadbir uyushtirildi. Madaniyat muassasalari, madaniyat va istirohat bog‘lari, muzeylarda 42,7 mingta tadbir va ekskursiyalar o‘tkazildi. Ularda 13,3 million nafardan ortiq aholi ishtirok etdi.
Andijon viloyati qo‘g‘irchoq teatri yangi binosining ochilishi munosabati bilan joriy yilning 1-5-iyun kunlari Andijon shahrida O‘zbekiston qo‘g‘irchoq teatrlarining X an’anaviy ko‘rik-festivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilarining ko‘rik-festivali tashkil etildi.
“Nihol” mukofoti tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari may oyi davomida mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida yuqori saviyada o‘tkazildi.
Yigirmadan ortiq madaniyat va aholi dam olish markazi foydalanishga topshirilib, 74 tasida ta’mirlash ishlari olib borildi.
Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab madaniyat va san’at namoyandalari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavzuidagi targ‘ibоt tadbirlari yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarda katta taassurot uyg‘otmoqda. Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan “Universiada – 2016” respublika sport musobaqalari minglab yoshlarning sportga bo‘lgan mehrini yanada oshirdi.
Majlisda teatrlar faoliyatini takomillashtirish, aholiga madaniy xizmat ko‘rsatish saviyasini oshirish, sport maktablari faoliyatini yanada yaxshilash, muzeylar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va boshqa masalalar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
"Jahon" AA