MALAYZIYA TURIZM VA MADANIYAT VAZIRI: “O’ZBEKISTON BILAN O’ZARO ALOQALARNI YANADA KENGAYTIRISH NIYATIDAMIZ”
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Malayziya tomoni sayyohlik sohasida O’ zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdor . Bu haqida mazkur davlat turizm va madaniyat vaziri Dato Seri Muhammad Nazri bin Abdul Aziz “Jahon” axborot agentligiga berga intervyusida ma’lum qildi.
— O’zbekiston iqtisodiy salohiyati jihatidan yuqori o’sish sur’atlariga ega barqaror rivojlanayotgan mamlakat hisoblanadi, - deya ta’kidladi vazir. – Yurtingizda mustaqillik yillarida sayyohlik sohasini modernizatysiya qilish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida yildan yilga mamlakatingizga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda.
Xalqlarimiz madaniy an’analari hamda o’z milliy meroslariga ko’ra bir - birlariga juda ham o xshashdir. Bu o’z navbatida sayyohlik sohasida o’zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Malayziyada ham yurtingizdagi Samarqand, Buxoro va Xiva kabi shaharlar yuksak qadrlanadi. Hech ikkilanmay aytishim mumkinki, O’zbekistonda joylashgan jahonga mashxur obidalar malayziyaliklarni ham hayratda qoldiradi. Asrlar davomida yuksak mahorat va did bilan qurilgan ajabtovur binolar hech bir odamni hayratlantirmasdan qo’ymaydi. Mazkur majmualar o’zbek xalqining buyuk tarixi va yuksak madaniyatidan dalolat beradi.
Xulosa o’rnida shuni aytmoqchimanki, xalqlarimiz o’rtasida bir-birimizdan o’rganishga arziydigan jihatlar juda ko’p. Sayyohlik sohasidagi mutaxassislar almashinuvi va ma’lumotlar ochiqligi ushbu sohada hamkorlikni yanada kengaytirish imkonini berishiga aminman.
“Jahon” AA