“MAMLAKATDA ASOSIY QONUN ME’YORLARI HAYOTGA IZCHIL TADBIQ ETILMOQDA”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Bugun mamlakatimiz xalqi qutlug’ sana - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi bayrami arafasida turibdi.
Shuning munosabati bilan xorijiy mamlakatlar davlat arboblari, ilmiy-akademik va ishbilarmon doiralarining vakillari “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyulari chog’ida davlatimiz va jamiyatimiz hayotining barcha sohalarida yuz bergan tub yangilanishlarda mamlakatimiz Asosiy qonunining tutgan o’rni va ahamiyati haqidagi o’z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
Filip de Koen, Kortreyk shahar merining o’rinbosari (Belgiya):
— O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oila to’g’risidagi alohida bo’limning, shuningdek, onalik va bolalik muhofazasiga bag’ishlangan me’yorlarning muhrlab qo’yilgani e’tiborga molikdir, chunki bu davlat siyosatining ijtimoiy yo’naltirilganini aks ettiradi.
Onalik, bolalik muhofazasi, aholining ijtimoiy himoyasi, oilaviy qadriyatlarni asrash masalalari taraqqiyotning “o’zbek modeli” asosida o’z ifodasini topgan. Bularning hayotga tadbiq etilishi natijasida aholi farovonligi, turmushining sifati, shuningdek, fuqarolar salomatligining ko’rsatkichlari oshmoqda. Joriy yilning “Keksalarni e’zozlash yili”, deb e’lon qilingani o’z farzandlarini keksalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan o’zbek xalqidagi eng yaxshi sifatlarning yorqin namoyon etilishidir. Bu boradagi Davlat dasturi doirasida keksa yoshdagi odamlarni ijtimoiy jihatdan manzilli himoyalash va qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuksak bahoga sazovordir.
Jan-Aituai Dyupra, Sorbonna Parij IV universitetining Shaharsozlik va taraqqiyot instituti direktori o’rinbosari (Fransiya):
— Mamlakat Asosiy qonuni me’yorlarining hayotga izchil tadbiq etilayotgani respublika iqtisodiy taraqqiyotiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda. O’tgan davr ichida milliy iqtisodiyot 5,5 barobardan ko’proq o’sgani, aholining real daromadlari jon boshiga hisoblaganda qariyb 9 barobar oshgani dalillari kishini faxrlantirmay qo’ymaydi. Eng muhimi, keyingi o’n bir yil davomida global iqtisodiy inqiroz davom etishiga qaramay, yalpi ichki mahsulot o’sishi sur’atlari har yili 8 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Bular tom ma’noda dunyo miqyosida kam uchraydigan ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Ishonchim komilki, Konstitutsiyaning mustahkam asosiga tayangan holda davlatingiz yanada taraqqiy topish, farovonlik va yuksalish uchun mamlakat salohiyatidan samarali foydalanishda davom etadi.
Kim Chan Jon, Koreya Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi:
— O’zbekiston Konstitutsiyasida insonning haq-huquq va erkinliklari kafolati, qonun ustuvorligi hamda hokimiyat bo’linishi singari universal demokratik qadriyatlar muhrlab qo’yilgan. Asosiy qonundan kelib chiqilgan holda, mamlakatda fuqarolar huquqlarining himoyasini, kuchli fuqarolik jamiyatini hamda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ta’minlaydigan samarali huquqiy zamin yaratilgan.
Shu bilan birga, mamlakatda tinchlik va barqarorlik muhiti, millatlararo hamda dinlararo hamjihatlikning saqlanishi va mustahkamlanishi mustaqil rivojlanish yillari davomida respublika erishgan eng muhim muvaffaqiyatlardan biri hisoblanadi. O’zbekistonda Asosiy qonunda muhrlangan me’yor va tamoyillarning hayotga izchil tadbiq etilayotgani tufayli mamlakatda istiqomat qiladigan 130 millat va elatlar, 16 diniy konfessiya vakillarining haq-huquqlari to’la ta’minlanmoqda. Ular emin-erkin ta’lim olishmoqda, kasblarni o’zlashtirishmoqda, ijodiy faoliyat bilan shug’ullanishmoqda va o’z salomatliklarini mustahkamlashmoqda, eng muhimi, ularning an’ana va qadriyatlariga nisbatan hurmat bilan munosabat namoyon bo’lmoqda.
“Jahon” AA