Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Maqsad – huquqiy bilimni yuksaltirish

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Maqsad – huquqiy bilimni yuksaltirish

Toshkent aloqa kasb-hunar kollejida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida «Siz qonunni bilasizmi?» ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida «Kamolot» YoIH hududiy bo‘limi, Toshkent shahar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, adliya, ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan tanlovda ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ta’lim muassasalari o‘quvchilarining huquqiy bilim va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashdan iboratdir.

Tanlovning tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘n bir jamoa tanishtiruv, huquqiy bilimlar bo‘yicha savol-javob, videorolik taqdimoti, «Uy vazifasi» hamda «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi qonunni o‘rganishga oid beshta shart bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti akademik litseyining «Senatorlar» jamoasi birinchi, 1-Toshkent pedagogika kollejining «Ombudsman» jamoasi ikkinchi, Toshkent moliya va iqtisodiyot kollejining «Adolat» jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

– Tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma olganimizdan xursandmiz, – deydi «Senatorlar» jamoasi sardori Salohiddin Rasulov. – Ushbu tadbir bizga mamlakatimiz sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatidan chuqurroq xabardor bo‘lish imkonini bermoqda.

www.uza.uz