MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI YUQORI MANSABDOR SHAXSLARINING VENA SHAHRIDAGI UCHRASHUVI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 29-30-aprel kunlari Vena shahrida (Avstriya) Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Ekologik harakat Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimlaridan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi xalqaro suv huquqi masalalari yuzasidan o‘tkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari tegishli idoralari yuqori mansabdor shaxslarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi.
Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha BMT mintaqaviy markazi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirda BMT institutlari, Jahon banki, Orolni qutqarish Xalqaro Fondi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillari ham ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Markaziy Osiyo mintaqasidagi transchegaraviy suv resurslarini boshqarish sohasida xalqaro huquqning asosiy tamoyil va me’yorlarini amaliy tadbiq qilish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Tadbir qatnashchilari BMTning suv resurslaridan foydalanish bo’yicha asosiy huquqiy instrumentlari - BMTning 1992-yilda qabul qilingan Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni himoya qilish va ulardan foydalanish hamda 1997-yilda qabul qilingan Xalqaro suv oqimlaridan foydalanishning kema yurmaydigan shakllari huquqiga oid konvensiyalari, shuningdek hududda joylashgan mamlakatlar o’rtasidagi hududiy va ikki tomonlama xususiyatga ega bo’lgan normativ hujjatlar Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv resurslaridan oqilona va adolatli foydalanish bo’yicha o’zaro harakatni shakllantirishda amaldagi platforma bo’lib xizmat qiladi, degan yakdil fikrga keldilar.
“Jahon” AA, Vena