Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklaritizimida: strategik istiqbollar vafoydalanilmagan imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“Markaziy Osiyo xalqaro transport yoʻlaklaritizimida: strategik istiqbollar vafoydalanilmagan imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari va mehmonlari!

Xonimlar va janoblar!

Markaziy Osiyo mintaqasining transport masalalariga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etayotgan siz, azizlarning barchangizni Oʻzbekiston zaminida chin dildan qutlashga ijozat bergaysiz.

Bugungi konferensiyada ishtirok etayotgani uchun mehmonlarimiz – xalqaro tashkilotlar, moliyaviy tuzilmalar, diplomatik missiyalar rahbarlariga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining umumiy saʼy-harakatlari bilan qisqa muddatda mintaqamizda oʻzaro ishonch va yaxshi qoʻshnichilikka asoslangan yangi siyosiy muhit shakllanganini qayd etishni istardim. Barcha darajadagi muloqotlar faollashdi, amaliy, oʻzaro manfaatli va koʻp qirrali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasida muhim tarixiy qadamlar tashlandi. Shu yil 15-mart kuni Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvi buning yorqin dalilidir.

2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus rezolyutsiya qabul qilingani mintaqaviy hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradigan tarixiy voqea boʻldi.

Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlarning hamkorlikka samimiy intilishi va umumiy kelajak uchun masʼuliyatni his etishi mintaqamizning barqaror taraqqiyoti va farovonligining mustahkam kafolatidir.

Savdo-iqtisodiy, energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yangi surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanish, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarida oʻzaro maqbul qarorlar qabul qilishga erishildi. Transport sohasidagi turli cheklov va toʻsiqlarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Mintaqa mamlakatlari oʻrtasida viza va bojxona tartib-taomillari soddalashtirildi, qoʻshimcha oʻtkazish punktlari ochildi, avtomobil, temir yoʻl va havo transporti qatnovlari tiklandi va bu borada oʻnlab yangi yoʻnalishlar yoʻlga qoʻyildi.

Ammo, hayotning oʻzi bunday chora-tadbirlar yetarli emasligini koʻrsatmoqda.

Eng yirik xalqaro bozorlarni oʻzaro bogʻlab turgan Markaziy Osiyoning muhim geostrategik joylashuvini hisobga olgan holda, mintaqamizning xalqaro transport yoʻlaklari tizimiga integratsiyalashuvini jadallashtirish maqsadida mamlakatlarimiz saʼy-harakatlarini birlashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunda dengiz portlariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniga ega boʻlmagan mintaqa davlatlarining transport-tranzit xarajatlari sezilarli darajada katta boʻlib, ular eksport qilinayotgan mahsulot qiymatining 70-80 foizigacha yetmoqda.

Bojxona tartib-taomillarining mukammal emasligi oqibatida yuk tashuvchilar tovarlarni yetkazib berishga ketadigan vaqtning 40 foizgacha boʻlgan qismini behuda yoʻqotmoqda. Jahon bankining logistika sohasidagi samaradorlik indeksiga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari 167 davlat orasida quyi oʻrinlarni egallab kelmoqda. Bularning barchasi butun mintaqa transport sektori raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkentda oʻtayotgan konferensiya Markaziy Osiyoda yangi integratsiya jarayonlarini boshlash nuqtai nazaridan muhim rol oʻynashi mumkin.

Mamlakatlarimiz oldida tranzit salohiyatini yanada rivojlantirish va milliy iqtisodiyotlar tarkibida transport sohasi ulushini oshirish vazifasi turibdi. Transport infratuzilmasiga zamonaviy texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi istiqbolli transport yoʻlaklarini shakllantirish mazkur vazifani amaliy jihatdan hal etishga yordam beradi.

BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlarining kooperatsiya aloqalarini samarali yoʻlga qoʻyish natijasida mintaqa yalpi ichki mahsuloti oʻn yilda kamida ikki barobar koʻpayishi mumkin.

Shuni hisobga olib, biz Ashxobod bitimi doirasida Rossiya – Qozogʻiston – Oʻzbekiston – Turkmaniston – Eron – Oʻmon – Hindiston submintaqaviy transport yoʻlagini shakllantirishni boshladik.

Biz Oʻzbekiston – Qirgʻiziston – Xitoy temir yoʻli qurilishi tez fursatda boshlanishiga katta umid bildiramiz. Istiqbolda bu yoʻl “Sharq-Gʻarb” loyihasi doirasida Xitoydan boshlanadigan, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston orqali oʻtadigan, keyinchalik yangi barpo etilgan Boku – Tbilisi – Kars temir yoʻl magistrali orqali Janubiy va Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq mamlakatlari va Oʻrta yer dengizi portlariga olib chiqadigan yangi transport yoʻlagining muhim boʻgʻini boʻlib qoladi.

Mintaqaviy yoʻlaklarni rivojlantirish haqida soʻz borganda, ushbu jarayonga Afgʻonistonni jalb etish muhim ekanini qayd etmasdan oʻtolmaymiz. Qurib bitkazilgan Hayraton – Mozori Sharif temir yoʻli va loyihalashtirilayotgan Mozori Sharif – Hirot magistrali “Shimol-Janub” loyihasi doirasida Eron, Pokiston va Hindiston temir yoʻllariga hamdaChoxbahorvaGvadar portlariga olib chiqadigan yangitransportyoʻlagini shakllantirish imkonini beradi.

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Mintaqamiz mamlakatlarini xalqaro,jumladan, dengiz orqali yuk tashish tizimiga integratsiya qilish xususida soʻz yuritar ekanmiz, ayni vaqtda ushbu ijobiy jarayonga qator omillar toʻsiq boʻlayotganini qayd etish lozim.

Bu, avvalo, Markaziy Osiyoda transport qatnovini rivojlantirish, toʻsiqlarni bartaraf etish, mintaqa davlatlarining viza, tranzit va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, tarif siyosatini uygʻunlashtirish, transport infratuzilmasini takomillashtirish, istiqbolli transport yoʻlaklarini shakllantirish boʻyicha yagona qarash va yondashuvlar mavjud emasligi bilan bogʻliq.

Shu munosabat bilan quyidagilarni taklif etamiz:

Birinchidan, Jahon banki, Osiyo va Islom taraqqiyot banklari, boshqa xalqaro institutlar ekspertlari yordamida Markaziy Osiyoning mintaqaviy transport yoʻlaklarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va shu asosda Markaziy Osiyo transport tizimini barqaror rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dastur qabul qilish zarur,deb oʻylaymiz.

Ikkinchidan, mintaqa mamlakatlari Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida muhim rol oʻynashini hisobga olib, ushbu tashkilot doirasida transportda yuk tashish jarayonlarini integratsiyalashtirgan holda boshqarish tizimini yaratish lozim.

Uchinchidan, transport-logistika sohasida mavjud muammolarni hal etishda muvofiqlashtiruvchi tuzilma boʻladigan Markaziy Osiyo mamlakatlari transport kommunikatsiyalari boʻyicha mintaqaviy kengashni shakllantirish maqsadga muvofiq.

Toʻrtinchidan, mintaqaning turizm jozibadorligini oshirish maqsadida transport kommunikatsiyalari va infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish zarur. Jahon turizm tashkiloti bilan birgalikda Markaziy Osiyoda turizm xablarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ayni shu maqsadga xizmat qilgan boʻlar edi.

Umid qilamanki, anjumanda maʼqullanadigan ana shu va boshqa tashabbuslarni amalga oshirish Markaziy Osiyoda barqarorlikni taʼminlashda, uni iqtisodiy rivojlangan mintaqaga aylantirishda, eng muhim xalqaro transport-tranzit markazlaridan biri sifatida mintaqamizning jahon transport xizmatlari bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Bugungi konferensiya natijalari mintaqamizni xalqaro transport yoʻlaklari tizimiga integratsiya qilishga doir yangi yondashuv va ustuvor yoʻnalishlarni ishlab chiqish, Markaziy Osiyoning ishga solinmagan ulkan salohiyatini mamlakatlarimiz va xalqlarimizning umumiy manfaatlari yoʻlida safarbar etishda foydali boʻlishiga ishonaman.

Shavkat MIRZIYOYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezident

www.uza.uz