Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘quvchilarga mahorat darsini o‘tdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘quvchilarga mahorat darsini o‘tdi

Guliston shahridagi Halima Xudoyberdieva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirilib o‘qitishga ixtisoslashgan maktab-internatida “Aziz el va buyuk yurt xizmatida” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov mahorat darsida ijod maktabi o‘quvchilariga qishloqda o‘tgan o‘quvchilik yillari haqida juda qiziqarli hikoyalarni, Halima Xudoyberdieva bilan oilaviy bordi-keldilari va hech qachon unutilmas do‘stona munosabatlari xotiralarini, kitob – odob va ahloq koni, barcha bilimlarning bulog‘i ekani xususida gapirib berdi.

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov 1952 yil 14 fevralda Sirdaryo viloyati Xovos tumani Savot qishlog‘i (hozirda Jizzax viloyati Yangiobod tumaniga qarashli)da tug‘ilgan. 1975 yil Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlari nomzodi, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoni, “Mehnat shuhrati” va “Do‘stlik” ordenlari sohibi. 2005 yil 6 maydan buyon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi – o‘zi olib kelgan 100 nusxadan ziyod rang-barang kitoblarni Halima Xudoyberdieva nomli ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirilib o‘qitishga ixtisoslashgan maktab-internati o‘quvchilariga tuhfa qildi.

Mahorat darsi so‘ngida bolalarni qiziqtirgan ko‘plab savollariga Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov batafsil javob berdi.

O‘zA