Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

MATTIAS RYOSSLER: “O’ZBEKISTON MARKAZIY OSIYODA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA MUHIM O’RIN TUTADI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
MATTIAS RYOSSLER: “O'ZBEKISTON MARKAZIY OSIYODA BARQARORLIKNI TA'MINLASHDA MUHIM O'RIN TUTADI”

Yaqinda Saksoniya federal o’lkasi (Germaniya Federativ Respublikasi) parlamentining raisi Mattias Ryossler O’zbekistonga keldi.

O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidagi muzokalar yakuni bo’yicha M.Ryossler “Jahon” AA muxbiriga intervyu berdi.

Bo’lib o’tgan suhbat chog’ida u quyidagilarni qayd etdi:

— Safarimizning asosiy maqsadi O’zbekiston va Germaniya o’rtasidagi iki tomonlama hamda Yevropa Ittifoqi doirasidagi munosabatlarning zamonoviy holati va ustuvor yo’nalishlarini muhokama qilishdan iboratdir.

Hozirgi vaqtda mamlakatingiz Germaniyaning eng muhim sheriklaridan biri sanaladi. Shunisi quvonarliki, Markaziy Osiyoning eng yirik va muhim davlati bo’lgani holda, O’zbekiston mintaqada barqarorlikni ta’minlashda hamda Afg’onistonning tiklanishida muhim o’rin tutmoqda.

O’zbekistondek mamlakat rivojlanish uchun beqiyos imkoniyatlarga egadir. Shu ma’noda biz bugun yoshlarga munosib hayot tarzini yaratish, ish o’rinlarini tashkil etish, o’sib kelayotgan avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish, shuningdek, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildik. Ushbu masalalar har ikki tomon uchun birday muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur yo’nalishlarda ikki mamlakat farovonligi yo’lida biz birgalikda ish olib borishimiz mumkin, deb o’ylayman.

Shu o’rinda, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish biz uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Ilgari biz O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligija muzokaralar o’tkazgan edik. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari O’zbekiston Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvda ham muhokama qilindi. Davlatlarimiz va biznes-sub’yektlar o’rtasida bu sohada mustahkam hamkorlik o’rnatilgani quvonarli holdir.

Xususan, avtomobil va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalar O’zbekiston bilan hamkorlik o’rnatish va kengaytirishga qiziqish bildirmoqdalar. Avtomobil mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha yetakchi davlat bo’lmish Germaniya bu sohada uzoq yillik tajribaga egadir.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Germaniya-O’zbekiston ishbilarmonlar kengashini” tuzish ko’zda tutilmoqda. Uning tarkibiga ikki mamlakatning yirik kompaniyalari kiradi.

Shu bilan birga, kichik va o’rta biznes har qanday mamlakat, shu jumladan, Germaniya iqtisodiyotining ham muhim tarkibiy qismidir. Ushbu tarmoq aholi uchun ish o’rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, O’zbekistonda kichik va o’rta biznes vakillarini qo’llab-quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor yuksak bahoga sazovordir. Biz mazkur yo’nalishda bundan keyin ham hamkorlik qilishga tayyormiz.

Men ilk bora O’zbekistonga, aniqrog’i, poytaxt Toshkentga 20 yil oldin kelgan edim. O’tgan davr mobaynida mamlakatingiz nihoyatda o’zgarib ketdi. Iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari ta’minlanib, respublikada tinchlik va osoyishtalik hukm surayotgani ham e’tiborga molikdir.

“Jahon” AA