Mehnat muhofazasi bo’yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish bo’yicha respublika ko’rik-tanlovi
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan Mehnat muhofazasi bo’yicha jamoat nazoratini eng yaxshi tashkil etish bo’yicha respublika ko’rik-tanlovi o’tkazilmoqda, deya xabar beradi Federatsiya matbuot xizmati.
Ushbu tanlov tashkiliy-huquqiy, mulk shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshlang’ich kasaba uyushma qo’mitalari va mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakillar o’rtasida o’tkaziladi.
Ko’rik-tanlovni o’tkazishdan maqsad mehnat muhofazasi masalalariga davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, ish beruvchilar hamda keng jamoatchilikning e’tiborini kuchaytirish, ishlab chiqarish madaniyatini yuksaltirish, ish beruvchilar tomonidan xodimlarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi, shuningdek, mehnat muhofazasi to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishda kasaba uyushmalari faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
Ko’rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan barcha korxona, tashkilot va muassasalar joriy yilning 1-martiga qadar zaruriy hujjatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar kasaba uyushma tashkilotlari birlashmalari kengashlariga taqdim etishlari lozim.
Ko’rik-tanlovning 1-bosqichi joriy yilning 15-martiga qadar Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxona, tashkilot hamda muassasalar o’rtasida “Eng yaxshi korxona”, “Eng yaxshi kasaba uyushma qo’mitasi”, “Mehnat muhofazasi bo’yicha eng yaxshi vakil” nominatsiyalari bo’yicha o’tkaziladi.
Har bir tarmoq bo’yicha aniqlangan eng yaxshi korxona, kasaba uyushma qo’mitasi, mehnat muhofazasi bo’yicha vakil 1-bosqich g’olibi deb topiladi va ko’rik-tanlovning 2-bosqichiga yo’llanma oladi. Mazkur bosqichda joriy yilning 1 apreliga qadar har bir nominatsiya bo’yicha 1-, 2-, 3-o’rin g’oliblari (jami 9 ta) aniqlanadi.
G’oliblar O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni arafasida tantanali ravishda taqdirlanadi.
“Jahon” AA