MEHNAT MUHOFAZASI BO’YICHA O’QUV MASHG’ULOTLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining O’quv markazida tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari va hududiy birlashmalarning mehnat muhofazasi xizmati xodimlari, hududiy Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining Davlat mehnat texnik inspektorlari, “O’zsanoatgeokontexnazorat” va “O’zenergonazorat” davlat inspeksiyalari vakillari uchun haftalik o’quv mashg’ulotlari boshlandi, deb xabar beradi kasaba uyushmalari federatsiyasi.
“O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi talablari ijrosi ustidan davlat hamda jamoat nazorati va tekshiruvining zamonaviy uslublari” mavzuida tashkil etilgan mazkur o’quv dasturida tinglovchilar mehnat to’g’risidagi qonunchilik hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalari, mehnat munosabatlari sohasida milliy va xalqaro standartlar kabi yo’nalishlar bo’yicha malaka oshirmoqdalar.
“Jahon” AA