MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRLIGIDA AQSH NING O’ZBEKISTONDAGI ELCHISI BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligida Amerika qo’shma shtatlarining O’zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashuv bo’lib o’tdi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuv chog’ida Spratlen xonimga ijtimoiy muhofaza va aholini ish bilan ta’minlash borasida vazirlik tomonidan olib amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, yoshi ulug’ keksalar va nogironlarga ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida yaratilgan shart-sharoitlar, urush va mehnat fronti fahriylariga ko’rsatilayotgan sog’lomlashtirish ishlari, ijtimoiy yordamga muhtoj aholiga sifatli va tezkor xizmat ko’rsatish uchun yangi interaktiv xizmatlarning yaratilayotgani haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Uchrashuvda davlatimiz hukumati tomonidan kollej va litsey bitiruvchilarini ishga joylashtirilishi masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlab o’tildi. Bu masalani hal etish yo’lida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi tomonidan kichik va o’rta biznesni rivojlantirish, mutaxassislarni qayta tayyorlash, yangi ish o’rinlarini yaratish va boshqa sohalarga qaratilgan tegishli dastur, xar yili qabul qilinadi, va ijro etiladi.
Xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar masalasiga kelganda, vazirlik Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki bilan yaqin hamkorlik qilayotgani ta’kidlandi. BMTning Taraqqiyot dasturi doirasida vazirlik tizimida institutsional islohotlar o’tkazish va vazirlik faoliyatining vazifaviy (funksional) tahlili yuzasidan tadbirlar o’tkazilmoqda. Bu o’z o’rnida mavjud resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi va natijada, aholiga yanada sifatliroq ijtimoiy xizmat ko’rsatilishiga zamin yaratadi.
AQSh elchisi Pamela Spratlen o’z so’zida O’zbekiston hukumatining kollej va litsey bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratayotganidan boxabar ekanini ta’kidladi. Hamkorlik masalasida esa, XMT, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar, shuningdek, mahalliy va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari bilan uzviy aloqa mavjudligi va Better Cotton Initiative dasturini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borilayotgani, O’zbekistonda mehnat huquqlari sohasida xalqaro normalar va davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarga qattiq rioya qilinayotganini omili sifatida e’tirof etilishini ta’kidladi.
Spratlen xonim O’zbekistonda yuz berayotgan muntazam ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlardan AQSh jamoatchiligi va ekspertlarini xabardor etish masalasida yordam ko’rsatishga xayrixoxlik bildirdi hamda AQSh kompaniyalari ikki davlat o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning yanada rivojlanishi istagida ekanligini ham aloxida ta’kidlab o’tdi.
Uchrashuv so’ngida Pamela Spratlen qabul uchun minnatorchilik bildirib, kelgusida yanada sermahsul hamkorlikka umid qilishini ta’kidladi.
“Jahon” AA