Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

METEOROLOGIYA XIZMATIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
METEOROLOGIYA XIZMATIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR

Yaqin va uzoq muddatda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti, daryolar suv sathi hamda iqlim o‘zgarishini oldindan aniqlash O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada rivojlantirishning muhim shartlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi – «O‘zgidromet» bu borada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va gidrometeorologiya uskunalaridan keng foydalanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq «O‘zgidromet» kuzatuv tarmog‘ini kengaytirish imkonini beradigan avtomatlashtirilgan zamonaviy meteorologiya stansiyalarini tashkil etmoqda. Kuzatuvlar davomida olingan axborotga ishlov berishda ko‘plab vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan elektron meteorologik kompleks ishga tushirildi. Optik tolali va yo‘ldosh aloqa kanallari orqali AKT tarmoqlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishga asoslangan bu kompleks butun dunyodan olinadigan turli gidrometeorologiya axborotini «O‘zgidromet»ga yetkazib beradi.

Shuningdek, bir qancha geostatsionar va qutb-orbital meteorologik yo‘ldoshlar axborotini tezkor qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan. Yo‘ldosh ma’lumotlariga ishlov berishning zamonaviy tizimlari joriy etilgan bo‘lib, bu turli meteorologik hamda boshqa vazifalarni hal etishga yordam bermoqda.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash mamlakatimizda gidrometeorologiya ma’lumotlarini tezkor tarqatish va ulardan foydalanish imkonini bermoqda. Ayni paytda «O‘zgidromet»da olti kunga mo‘ljallangan o‘rta muddatli ob-havo ma’lumotlari tuzilmoqda.

So‘nggi rusumdagi uskuna va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilayotgani qisqa va uzoq muddatda ob-havo hamda iqlim o‘zgarishini tezkor aniqlash imkonini bermoqda. Bu esa O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha sohalarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadi.

O’zA