Mudofaa vazirligi vakillari Qirg‘izistonda o‘tkazilgan koordinatsion komitetning XX majlisida ishtirok etdi
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Qirg‘iziston Respublikasining Cho‘lpon ota shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlari koordinatsion komitetining XX majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda Armaniston, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari aloqa boshliqlari ishtirok etdi.
Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti O‘zAga ma’lum qildi.
Majlisni Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshlig‘i o‘rinbosari, aloqa Bosh boshqarmasi boshlig‘i – koordinatsion komitet raisi general-polkovnik X. Arslanov olib bordi.
Majlisda MDHga a’zo mamlakatlar Qurolli Kuchlarining hamkorlikdagi aloqa tizimini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan ishlar muhokama qilindi, Qurolli Kuchlar aloqa tugunlari o‘rtasida hamkorlikdagi aloqa mashg‘ulotlarini tashkil qilish va 2020 yilda uni o‘tkazish kelishib olindi.
Bundan tashqari, XX koordinatsion komitet majlisida 2020 yilda xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan “Ishonchli qabul” aloqa mutaxassislari musobaqasini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritildi va muhokama qilindi.
Komitetda ilk bor MDHga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari Kengashi kotibi general-mayor Yu. Dashkin ishtirok etdi. Yu.Dashkin o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga harbiy hamkorlikda qilinayotgan amaliy ishlar bo‘yicha o‘z minnatdorligini bildirdi.
Uz.A
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















