Mumbayda Namangan va Qashqadaryo viloyatlari investitsion salohiyati taqdim etildi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Ayni kunlarda Namangan va Qashqadaryo viloyatlari delegatsiyalari Hindistonda bo‘lib turibdi.
Tashrif Hindistonning yirik moliya va biznes markazi hisoblangan Mumbay shahridagi yetakchi kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazishdan boshlandi.
Safar doirasida Mumbay jahon savdo markazida Namangan va Qashqadaryo viloyatlari iqtisodiy salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi, viloyat hokimliklari, Hindiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda 150 dan ortiq hind kompaniyalari vakillari va tadbirkorlar qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilarining asosiy qismini Mumbay shahri va Maxarashtra shtatida joylashgan sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, to‘qimachilik, kimyo sanoati, oziq-ovqat, mashinasozlik, qurilish, turizm, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa turli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari tashkil qildi.
Forumda Namangan va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari tomonidan viloyatlarning iqtisodiy salohiyati, investitsion va sayyohlik jozibasi xususida taqdimot marosimi tashkil etildi.
Bundan tashqari, “Kosonsoy-Farm” erkin iqtisodiy hududi vakillari tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha axborot berildi.
Forumda B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazilib, qator yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Delegatsiyaning Hindistonga safari doirasida, shuningdek, Maharashtra shtatida joylashgan Maxsus iqtisodiy hududlar faoliyati bilan tanishish, Gujarat shtati va Dehli shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyurish ham ko‘zda tutilgan.
“Dunyo” AA