Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Mun Chje In Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Mun Chje In Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetida boʻlib, Oʻzbekiston – Koreya hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Oʻzbekiston bilan Janubiy Koreya oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlikning yorqin ramzi boʻlgan Toshkent shahridagi Inha universiteti 2014 yili tashkil etilgan boʻlib, asosiy faoliyati mamlakatimizda IT texnologiyalarini rivojlantirish, Koreya Respublikasining bu sohadagi yetakchi salohiyatini yurtimizda tatbiq etishdan iborat.

Bugungi kunda bu yerda kompyuter va dasturiy injeniring hamda logistika yoʻnalishlari boʻyicha 1 ming 300 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. 2018 yili universitetni tugatgan birinchi 100 nafar bitiruvchining aksariyati mamlakatimizdagi nufuzli kompaniya va tashkilotlarda faoliyat yuritmoqda. Qolgan qismi Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlarida magistraturada oʻqishni davom ettirmoqda.

Oliy taʼlim muassasasida oʻquv jarayoni xalqaro standartlar asosida, Janubiy Koreyadagi Inha universitetining boy tajribasi asosida tashkil etilgan. Universitetning strategik rivojlantirish rejasi doirasida yangi bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarini ochish, ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, xalqaro ilmiy grantlarda ishtirok etish hamda koreyalik hamkorlar bilan birga raqamli kutubxona yaratish orqali taʼlim muassasasining ilmiy salohiyatini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Prezident Mun Chje In bu yerda Oʻzbekiston – Koreya hamkorligidagi telemeditsina loyiha bilan tanishar ekan, masofadan turib bemorlarni davolashda yoʻlga qoʻyilayotgan mazkur yoʻnalish mamlakatlarimiz hamkorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz hamkorligini barcha sohalar qatori tibbiyot sohasida rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda. Oʻzbekistonda Janubiy Koreyaning sogʻliqni saqlash tizimi litsenziyalari tan olingan, shifokorlarimiz bu yerda samarali faoliyat olib bormoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, raqamli tibbiyot sohasida Janubiy Koreyaning imkoniyatlari va Oʻzbekistonning ushbu yoʻnalishga katta qiziqishi tomonlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqlarimizning hayot sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mamlakatlarimiz toʻrtinchi sanoat inqilobi davrida strategik sheriklar sifatida hamkorlik qiladi, – dedi Mun Chje In.
Prezident Koreya hukumatining ushbu loyihada faol ishtirok etishini qayd etib, yangi yoʻnalish mamlakatlarimizning tibbiyot sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.

Mazkur tashrif doirasida Koreya Respublikasi Savdo-sanoat va energetika vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oʻrtasida raqamli tibbiyot toʻgʻrisida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, “Digital Health Care” teletibbiyot loyihasi amalga oshiriladi.

Loyihadan koʻzlangan maqsad Koreya tajribasini qoʻllagan holda, Oʻzbekistonda raqamli tibbiyotni rivojlantirishdir. Bunda telekommunikatsiya aloqalari orqali masofadan turib tibbiy maslahatlar beriladi. Loyiha Koreyaning OPR jamgʻarmasi (official development assistance ODA) koʻmagida moliyalashtirilmoqda.

Loyiha Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkentdagi Inha universiteti va Janubiy Koreyadagi Inha universiteti gospitali, “Hanjin Information Systems & Telecommunication Co., Ltd”, “U-SHIN C & C Co., Ltd.”, “HeSel Co., Ltd.” kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda.

www.president.uz