MURABBIYLAR UCHUN SEMINAR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Nukusda Osiyo futbol konfederatsiyasining “Level One” sertifikatini olish uchun mini-futbol bo’yicha xalqaro murabbiylar tayyorlash kursi tomonidan o’quv-mashg’ulot seminari o’tkazildi.
Besh kun davom etgan mashg’ulotlarda Nukus, Kegeyli, Qo’ng’irot tumanlari va Nukus shahridan 16 nafar murabbiy ishtirok etdi. Tadbir davomida Osiyo futbol konfederatsiyasi instruktori Avaz Maksumov hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi futbol federatsiyasi mutaxassisi O’ng’arboy Jalimov tomonidan mini-futbol o’yiniga kiritilgan o’zgartishlar haqida ma’lumot berilib, murabbiylarning taktik va texnik mahorati oshirildi.
– Seminar murabbiylar uchun o’ziga xos tajriba maktabi bo’ldi, – deydi Qoraqalpog’iston Respublikasi futbol federatsiyasi raisi o’rinbosari Vladimir Nazarov. – Mazkur tadbir Orolbo’yida mini-futbolni yanada rivojlantirishda jamoalarga amaliy yordam beradi, deb o’ylayman.
O’quv-mashg’ulot seminari yakunida murabbiylarga maxsus sertifikatlar topshirildi.