MUSIQA VA NAFIS SAN’AT UYG‘UNLIGI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Muzeylar haftaligi doirasida O‘zbekiston davlat san’at muzeyida “Istiqlol durdonalari” deb nomlangan ko‘rgazma tashkil etildi.
O‘zbekiston davlat san’at muzeyi direktori V.Fayziyeva va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida yangicha tafakkur va dunyoqarashli avlodni voyaga yetkazishning muhim sharti sifatida milliy madaniyatimiz va san’atimizni izchil ravnaq toptirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda yangi ko‘rgazma zallari, tasviriy san’at galereyalari, san’at, ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish, mavjud teatrlar, muzeylarni tubdan ta’mirlash, ular faoliyatini tezkor davr ruhi bilan hamohang tarzda yo‘lga qo‘yish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ko‘rgazmada istiqlol yillarida ijod qilayotgan musavvir va haykaltaroshlarning ijodiga mansub asarlardan iborat maxsus ekspozitsiya tomoshabinlar e’tiboriga havola etilgan. Ushbu kartinalar akademizmdan to klassik modernizmgacha bo‘lgan rang-barang yo‘nalishlarni o‘ziga qamrab olgan. Bu esa mustaqillik yillarida san’atning barcha yo‘nalishi kabi mo‘yqalam sohiblari faoliyatida ham tafakkur, ijod erkinligi yaratilgani milliy tasviriy san’atning jadal ravnaq topishiga xizmat qilayotganidan darak beradi.
Ayniqsa, A.Nuriddinov, S.Rahmetov, J.Umarbekov, S.Rahmonov, M.Umarov, J.Basharov singari mohir musavvirlarning «Navro‘z», «Oltin kuz», «Tengkunlik», «Surxon bobo portreti» kabi asarlarida xalqimizning ibratli an’ana va qadriyatlari, tinch-osoyishta diyorimiz, tabarruk insonlar siymosi aks ettirilgan. Haykaltaroshlar D.Ro‘ziboyevning «Katta ashula», G.Sultonovaning «Buxorolik kelin», D.Rajabovaning «Onalik» kabi kompozitsiyalarida istiqlol yillaridagi ma’naviy yuksalish yo‘lidagi ibratli sa’y-harakatlar tasvirlangan.
Shu kuni muzeyda maktab o‘quvchilari uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri artistlari hamda san’at yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlari va akademik litseylar talaba-o‘quvchilari ishtirokida konsert namoyish etildi.
O‘zA