MUSOBAQALAR QIZG’IN DAVOM ETMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Nishon tumanidagi Nuriston shaharchasida mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlab, “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O’zbekistonim!” shiori ostida ayollar sport festivalining Qashqadaryo viloyati bosqichi o’tkazildi.
O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, viloyat hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqada uning shahar va tuman bosqichlarida g’olib bo’lgan 300 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Shuni e’tirof etish kerakki, viloyatda xotin-qizlarning muntazam sport bilan shug’ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Hududdagi 9133 ta umumiy sport seksiyasida jami 370 ming 431 nafar opa-singillarimiz jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishayotgan bo’lsa, ularning 98 ming 59 nafari uy bekasi hisoblanadi. Keyingi yillarda qishloq joylarda ham sport vositasida sog’lom hayot tarzi sari intilayotgan xotin-qizlar safi kengayib borayotir. Bunda joylarda soha infratuzilmasini takomillashtirish jarayonida ularning xohish-istaklaridan kelib chiqib, seksiyalar faoliyati yo’lga qo’yilayotgani muhim omil bo’layotir. Shular qatori vohada opa-singillarimiz o’rtasida turli bellashuv hamda musobaqalar o’tkazish ham an’anaga aylangan. Birgina joriy yilning o’tgan olti oyida 394 ta ana shunday turli sport tadbiri uyushtirilib, 350 ming 150 nafar xotin-qizning ishtiroki ta’minlandi.
— Ayollar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiyaga keng jalb qilish, mahallalarda, xususan, eng chekka qishloqlarda ham sog’lom turmush tarzini targ’ib etishda mazkur festivalning ahamiyati beqiyos, - deydi viloyat hokimining o’rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi raisi Inobat Karimova. - Buni joriy yilgi bellashuvlarda ishtirok etish istagida bo’lgan opa-singillarimiz soni avvalgi yillardagidan bir necha barobar ortgani ham ko’rsatib turibdi.
Voleybol, stol tennisi, yengil atletika, suzish, darts, shaxmat va gimnastrada bo’yicha tashkil qilingan bellashuvlar yakunida turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib hamda sovrindorlar aniqlanib, tashkilotchilarning qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.