Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI VA GOLLANDIYA KOMPANIYASI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили 2019 - Фаол инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI VA GOLLANDIYA KOMPANIYASI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

TOSHKENT, 29 oktabr. Namangan muhandislik-texnologiya institutida (NamMTI) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Gollandiyaning “Elsevier” kompaniyasi hamkorligida ishlab chiqilgan “Ilm-fan 2020” milliy dasturi loyihasida “CiteScore” yuqori bo‘lgan ilmiy jurnallarga xalqaro standart talablari asosida maqola yozish” mavzuida ilmiy amaliy seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri www.namangan.uz saytiga axborotiga tayanib.

Tadbirda NamMTI rektori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi O.Mamatkarimov mamlakatimizda so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishini ta’minlashga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidladi. Ayniqsa, Prezidentimizning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni bu boradagi sa’y-harakatlarni jadallashtirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Viloyatda ilk marotaba tashkil etilgan mazkur seminarda “Elsevier” kompaniyasining Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha direktori Aliya Ospanova, kompaniyaning O‘zbekistondagi koordinatori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Dilnoza Allanazarova Namangan muhandislik-texnologiya instituti hamda Namangan muhandislik-qurilish institutining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va ilmiy tadqiqotchilariga “Scopus” va "ScienceDirect" xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga maqolalar yozish va joylashtirish tartibi haqida batafsil to‘xtaldi.

Qayd etilganidek, davlatimiz rahbarining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Gollandiyaning “Elsevier” kompaniyasi hamkorligida “Ilm-fan 2020” milliy rivojlanish dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu dastur mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni nazarda tutadi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Elsevier” kompaniyasi fan, ta’lim hamda tibbiyot sohasida innovatsion yechimlar va mahsulotlarni taklif etadigan jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi. Kompaniya qarorgohlari Amsterdam, London, Nyu-York shaharlarida joylashgan bo‘lib, uning butun dunyo bo‘ylab 70 ga yaqin filiallari mavjud.

Nashriyot “Reed Elsevier” media-xoldingning bir qismi bo‘lib, u jahonning eng yirik 500 ta kompaniyasi ro‘yxatiga kiradi. 2 ming 500 dan ortiq jurnal, 20 mingga yaqin kitob va ma’lumotlarni chop etadi. Nashriyotda “Scopus” ilmiy nashrlar va iqtibos keltirish ma’lumotlar bazasini olib boradi. “Science Direct” ilmiy nashrlarni tarqatish tizimini rivojlantiradi.

Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni “Scopus” va "ScienceDirect" xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish rejalashtirilgan.

/«Dunyo» AA/.